Pulda ifodalash tamoyili. Bu tamoyil barcha aktiv va passivlarni, yuz bergan
operatsiyalarni milliy valyutada, ya’ni sum va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi.
Ehtiyotkorlik yoki konservatizm tamoyili. Bu tamoyil korxona hisobotida
aktivlar va daromadlarni kam (ko‘p) qilib ko‘rsatmaslikni, shu bilan birga majburiyatlarni
yoki harajatlarni ko‘p (kam) qilib ko‘rsatmaslikni ifodalaydi. Ushbu tamoyilni qo‘llash
yashirilgan rezervlarni vujudga keltirish, biron maqsadda aktiv yoki foydani kamaytirib
(ko‘paytirib) ko‘rsatish, harajat va majburiyatlarni ko‘paytirib (kamaytirib) ko‘rsatish
huquqini bermaydi.
Hisobot davri raromad va harajatlarining mosligi tamoyili. Bu tamoyil hisobot
davri harajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi.
Mazmunni shakldan ustunlik tamoyili. Bu tamoyil korxona aktivlarini huquqiy
maqomi bo‘yicha emas, balkim ularning iqtisodiy mazmuni, egalik qilish huquqini
berilish vaqtiga ko‘ra hisobga olish va balansga kiritishni ifodalaydi. Masalan, tovar–
moddiy boyliklar korxonaga kelib tushgan sanadan boshlab, ular uchun xaq to‘langan
yoki to‘lanmagan bo‘lishidan qat’iy nazar, korxona aktivlari tarkibiga kiritiladi va
balansga olinadi. Uzoq muddali ijaraga olingan asosiy vositalar ham ularning haqi
to‘lanishi muddatidan qat’iy nazar korxona balansiga olingan kundan boshlab kiritiladi.
Neytrallik tamoyili. Bu tamoyil moliviy hisobotni bironta shaxs manfaatlari uchun
boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi.
Aniqlilik tamoyili. Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir summani qat’iy hujjatli
asosga ega bo‘lishligini bildiradi.
Ahamiyatlilik tamoyili.Bu tamoyil hisobda shakllangan ma’lumotlarni
foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatliligini
bildiradi.
Muhimlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini
foydalanuvchilarning taqdim etilgan axborot asosida qabul qilgan qarorlariga ta’sirini
bildiradi.