2.Ta’minotchilarga o‘tqazilgan pul mablag‘larining summasini topish (Pcht) uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning sotish tannarxi (St) ko‘rsatkichi asos
qilib olinadi va ushbu summa korxona balansining davr boshiga va oxiriga ko‘rsatilgan
tovar zahiralarining (Tz), shuningdek ta’minotchilar olidigi kreditorlik qarzlarining
ko‘payish yoki kamayish summasiga tuzatiladi, jumladan tovar zahiralarining ko‘payishi
(+Tz) pul chiqimlarini ko‘payishiga, tovar zahiralarining kamayishi (-Tz) esa pul
chiqimlarini kamayishiga, ta’minotchilar oldidagi kreditorlik qarzlarning oshishi (+Kq)
pul chiqimlarining kamayishiga, aksincha kreditorlik qarzlarning kamayishi (-Kq) esa pul
chiqimlarining ko‘payishiga olib keladi, ya’ni:
Ta’minotchilarga to‘langan pul mablag‘lari = (Pcht) Sotish tannarxi (St) + Tovar zaxiralarini ko‘payishi (+Tz) - Tovar zaxiralarini kamayishi (-Tz) + Kreditorlik qarzlarning kamayishi (-Kq) - Kreditorlik qarzlarning ko‘payishi (+Kq) Misol uchun, sotish tannarxi 4000 ming so‘m deylik, tovar zaxiralari hisobot davr
boshiga 6000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 5500 ming so‘mni, ta’minotchilar
olididagi qarzlar hisobot davr boshiga 2000 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 1000 ming
so‘mni tashkil etdi deylik. Ushbu misolda ta’minotchilarga o‘tqazilgan summa
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balans ma’lumotlarga ko‘ra 4500 ming sumni
( 4000-500+1000) tashkil etadi.
3.Operatsion harajatlarga doir pul chiqimlari summasini topish (Ptox)uchun
asos qilib davr harajatlari (Dx) olinadi va topilgan summa balansning davr boshi va
oxiridagi kelgusi davr harajatlarining (Kdx) va majburiyatlarning (M) summalaridagi
o‘zgarishlarga tuzatiladi, shuningdek tuzatishda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotda aks ettirilgan amortizatsiya va boshqa pulsiz harajatlar (Apx) summalari
ayirilib tashlanadi, jumladan kelgusi davr harajatlarining ko‘payishi (+Kdx) pul
chiqimlarini ko‘payishiga, kelgusi davr harajatlarining kamayishi (-Kdx) esa pul
chiqimlarini
kamayishiga,
hisoblangan
majburiyatlarning
oshishi(+M)
pul
chiqimlarining kamayishiga, aksincha hisoblangan majburiyatlarning kamayishi (-M) esa
pul chiqimlarining ko‘payishiga olib keladi, ya’ni:
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com