231
Bitta guruhga birlashgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining
bosh korxonasi
tomonidan tuzilgan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotga
izohlar:
1).Bosh korxona tomonidan “Tong” sho‘’ba korxonasiga 3500 ming so‘mga
sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib tashlandi.
2)“Sharq” sho‘’ba korxonasi tomonidan bosh korxonaga 3700 ming so‘mlik
sotilgan tovarlar guruhning sof sotish hajmidan va sotish tannarxidan chegirib
tashlandi.
3)Sho‘’ba korxonalarning bosh korxonadan olgan vaqtinchalik moliyaviy yordam
uchun to‘lagan 1100 ming so‘mlik (600 +500) foizlari guruhga kiruvchi bosh
korxonaning daromadlaridan va uning sho‘’ba korxonalarining harajatlaridan chegirib
tashlandi.
Guruhni tashkil qiluvchi bosh korxona va uning sho‘’ba
korxonalarida moliyaviy
hisobotning boshqa shakllari ham konsolidatsiyalashtiriladi.
Konsolidatsiyalashtirilgan pul oqimlari to‘g‘risida hisobotni tuzishda
guruhni
tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari o‘rtasidagi quyidagilar
pul oqimlari chegirib tashlanadi:
•
Ichki tovar operatsiyalari bo‘yicha olingan va to‘langan pul mablag‘lari;
•
Olingan va berilgan qarz
summalari;
•
Olingan va to‘langan foiz summalari;
•
Olingan va to‘langan ta’sis badallari
•
Boshqa turli operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘larining ichki almashuvlari
Konsolidatsiyalashtirilgan asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni
tuzishda guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlari
o‘rtasidagi asosiy vositalarning ichki almashuvlarining summalari chegirib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: