227
qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 7- va 8- ustunchalarda
xukumat qaroriga asosan oldindan xaq to‘lamay jo‘natilgan (olingan) mahsulotlar
bo‘yicha qarzlarning mos ravishda jami va muddati o‘tgan summasi, 9-va 10-
ustunchalarda davlat resurslari va jamg‘armalaridan ko‘zga tutilgan xom-ashyo va
materiallar bo‘yicha o‘tqazilgan bank to‘lovlarining mos
ravishda jami va muddati
o‘tgan summasi, 11- ustunchada xukumat qarori bo‘yicha kechiktirilgan qarzlar, 12-
ustunchada qonunchilikga muvofiq qilingan da’volar bo‘yicha sud jarayonida ko‘rib
chiqilayotgan yoki xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlardan o‘ndirish to‘g‘risida qaror
chiqqan qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomaning satrlarini to‘ldirishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi
lozim. Oldin barcha debitorlik qarzlar, keyin esa barcha kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Chunonchi, debitorlar va kreditorlarning qarzlari respublika
ichidagi qarzlar, ichki idoraviy qarzlar va respublikadan tashqaridagi qarzlar guruhlari
bo‘yicha tasniflangan holda ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomada ko‘rsatilgan debitorlik
qarzlarning umumiy summasi buxgalteriya balansining 110 va 210- satrlaridagi summaga
(alohida bo‘linmalarning qarzlaridan tashqari), shuningdek
kreditorlik qarzlarning
umumiy summasi buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlaridagi summaga mos kelishi
shart.
Moliviy hisobotga uning u yoki bu ko‘rsatkichlarini tasniflovchi analitik jadvallar,
shuningdek korxona moliviy-xo‘jalik faoliyatining ayrim jixatlari bo‘yicha tushuntirish
xati ilova qilinadi. Asosiy analitik jadvallar bo‘lib, masalan, soliq solish bazasiga qayta
qo‘shiladigan harajatlar ro‘yxati, soliq bo‘yicha imtiyozlar hisob –kitobi,
imtiyozlarni
ishlatilishi, foydani taqsimlash hisob-kitobi va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xatida korxonaning hisob siyosatidagi
o‘zgarishlarning sabablari, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiy jihatlar,
jumladan xo‘jalik faoliyatini zarar bilan yakunlashga olib kelgan sabablar ochib beriladi.
Bunday
tushuntirishlar
moliyaviy
hisobotdan
foydalanuvchilarni
qo‘shimcha
ma’lumotlar bilan ta’minlashda, shuningdek hisobot asosida to‘g‘ri
qarorlar qabul
qilinishida katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: