3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
13.7.Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish xususiyatlari 
 
 
O‘zbekiston Respublikasida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning 
mohiyati, tarkibi va tuzish tartibi 8-son BHMS “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy 
hisobotlar va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” bilan tartibga solingan. 
Ushbu BHMS ga muvofiq konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot deganda bitta 
guruhga birlashgan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining bosh korxonasi tomonidan
guruhning hisobot sanasiga moliyaviy holatini va hisobot davri uchun moliyaviy 
natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi. 
Guruh – bu bosh korxona va uning barcha sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining 
birgalikda olingan tizimi . 
Bosh korxona – bu bitta yoki undan ko‘p sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan
va ular faoliyatini nazorat qiladigan korxona. 
Sho‘’ba xo‘jalik jamiyati – bu bosh korxona tomonidan nazorat qilinadigan 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


228 
Nazorat – bu manfaat ko‘rish maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
moliyaviy va xo‘jalik siyosatini belgilab berish huquqi.
Alohida moliyaviy hisobot– bu guruhni har bir a’zosining mustaqil moliyaviy
hisoboti.
Guruh a’zolarining hissasi – bu bosh korxonaga tegishli bo‘lmagan, guruhning 
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida uning a’zolarini alohida hissasi sifatida 
ko‘rsatiladigan daromad (zarar) va aktivlarning summasi.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
harakatdagi 
qonunlariga 
muvofiq 
konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzishda quyidagi tamoyillarga amal 
qilinadi: 

Bosh korxona va uning har bir sho‘’ba xo‘jalik jamiyati alohida yuridik shaxs 
sifatida faoliyat yurituvchi va soliq to‘lovchi hisoblanadi. 

Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisoboti faqat guruh rahbariyati 
uchun strategik boshqaruv, erishilgan sof moliyaviy natijalarni birlashtirish va guruh 
a’zolari o‘rtasida ularning hissasiga qarab taqsimlash maqsadida tuziladi.

Guruhga tegishli bo‘lmagan mulk konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotda 
guruh a’zolarining hissasi sifatida aks ettiriladi. 

Sho‘’ba korxonalarning ustav kapitaliga kiritilgan bosh korxonaning ta’sis badali 
guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida moliyaviy investitsiya sifatida 
qaralmaydi. 

Bosh korxonaga va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan mol-
mulk, debitorlik va kreditorlik qarzlar (ichki hisob-kitoblardan tashqari), kelgusi davr 
harajatlari, tashkil etilgan kapital (fondlar), chetdan olingan maqsadli tushumlar
guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotida satrma-satr arifmetik yo‘l 
bilan jamlangan holda ko‘rsatiladi. 

O‘zaro xo‘jalik munosabatlar evaziga erishilgan daromad va harajatlar, foyda va 
zararlar, hisoblangan dividendlar bosh korxona va sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining 
hisobotlarida to‘lig‘icha ko‘rsatiladi, lekinda guruhning konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy hisobotida bu ko‘rsatkichlar chegirib tashlanadi. 

Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotini tuzish uchun unda bosh 
kitob yuritilmaydi, shuningdek unga buxgalterlik yozuvlari qilinmaydi. 

Guruhning konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotini tuzish faqat jamlama
hisobot shakllarini va analitik jadvallarni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Guruhning 
konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy 
hisoboti 
o‘z 
ichiga 
konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi, konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa konsolidatsiyalashtirilgan
shakllarini oladi. 
Konsolidatsiyalashtirilgan 
moliyaviy 
hisobotni 
tuzish 
tartibini 
konsolidatsiyalashtirilgan buxgalteriya balansi va konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy 
natijalar to‘g‘risida hisobot bo‘yicha quyidagi misollar asosida ko‘rib chiqaylik. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin