3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Quyidagi schetlarning qaysi biri oxirgi qoldiqga ega bo‘lmadi?



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
7.Quyidagi schetlarning qaysi biri oxirgi qoldiqga ega bo‘lmadi?
a) Kassa scheti b) Ishlab chiqarish scheti 
v) To‘lanadigan schetlar scheti g) Sotish tannarxi scheti 
 
 
1.3. 
Schyotlarga ikki yoqlama yozuv 
 
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan jihatlaridan biri 
shundaki, yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya’ni bir schetning 
debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv
usuli deb ataladi. 
Schyotlarga ikki yoqlama yozuvni, boshqachasiga, buxgalteriya yozuvi, 
buxgalteriya o‘tqazmasi deb ham ataydilar. 
Buxgalteriya o‘tqazmalari oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. 
Oddiy buxgalteriya o‘tqazmasi deganda ikkita schet qatnashgan, shundan biri 
debetlangan va boshqasi kreditlangan o‘tqazmaga aytiladi.
Murakkab o‘tqazmalar – bu uch va undan ko‘p schetlar qatnashib tuzilgan
o‘tqazmalarga aytiladi. Bunday o‘tqazmalarda bitta schet debetlanib, ikki va undan ko‘p 
boshqa schetlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo‘ladi. 
Buxgalteriya o‘tqazmalarini turli usullarda berish mumkin : gorizontal, vertikal, 
schetlar sxemasi ko‘rinishida. 
Gorizontal usul asosan oddiy buxgalteriya o‘tqazmalarini berishda qo‘llaniladi va 
taxminan quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Debet Kredit Summa 
1010 6010 1000000 
Vertikal usul oddiy va murakkab buxgalteriya yozuvlarida qo‘llaniladi va quyidagi 
ko‘rinishda beriladi: 

Oddiy o‘tqazmada
Debet  1010 1000000 
Kredit 6010 1000000 

Murakkab o‘tqazmada
Debet 1010 1800000 Debet  2010 600000 
Kredit 6010 1000000 Debet 2310 200000 
Kredit 2810 500000 Debet 2510 300000 
Kredit  4610 300000 Kredit 1010 1100000 
Amaliyotdagi schetlarning hisob registrlarida asosan murakkab buxgalteriya
o‘tqazmalari qo‘llaniladi.
Schetlar sxemasi usulida yuqoridagi buxgalteriya o‘tqazmalari quyidagicha aks 
ettiriladi: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


36 
1010 6010 4610 2810 
1800000 1000000 300000 500000 
Buxgalteriya o‘tqazmalarini berishda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinishi lozim. 
1.Yuz bergan operatsiyaning mazmuniga ko‘ra unda qatnashgan schetlar 
aniqlanadi. 
2.Operatsiyada qatnashayotgan schetlarning aktiv yoki passiv schetlar ekanligi 
aniqlanadi. 
3.Aktiv va passiv schetlarda ko‘payish va kamayishlarni ularning qaysi tarafida 
aks ettirilishi tartibiga ko‘ra ularning biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.
 
Yuqoridagi keltirilgan buxgalteriya o‘tqazmalariga sharh: 
1.Ta’minotchidan 1000000 sumlik materiallar kelib tushgan, operatsiyada 1010 
«Materiallar» va 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar» 
schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu 
schet debetlanadi. 6010 –schet passiv schet hisoblanadi, unda ham ko‘payish yuz 
berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi. 
2.Ta’sischilardan ularning hissasi sifatida 300000 sumlik materiallar kelib tushdi. 
Operatsiyada1010 «Materiallar» va 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallari 
bo‘yicha qarzlari» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. 
Demak, ushbu schet debetlanadi. 4610 –schet ham aktiv schet hisoblanadi, unda
kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi. 
3.500000 sumlik tayyor mahsulot materiallar schetiga o‘tqazildi. Operatsiyada 
1010 «Materiallar» va 2810 « Tayyor mahsulotlar» schetlari qatnashadi. 1010- schet 
aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 2810 –schet ham
schet hisoblanadi, unda kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi. 
Buxgalteriya hisobi schetlariga ikki yoqlama yozuv katta nazorat ahamiyatiga ega. 
Unda, bir tomondan balansdan tashqari barcha schetlarning o‘zaro aloqalari, schetlarning 
oborot va qoldiq summalarini tengligi, pirovardida schetlarning buxgalteriya balansi 
bilan uzviy bog‘liqligi yorqin namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin