38
hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar hujjatli asosga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida
buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini,
yuridik kuchga ega
ekanligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining
muhim usuli hisoblanadi.
Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan
rasmiylashtirish usuli.
Hujjat – bu ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz
berganligiga guvoh beruvchi
yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-
moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar,
pulni
kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‘jalik
operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu
shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek
esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga
qarab tasniflash mumkin ( 6-chizmaga qarang ).
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi,
farmoyish va
guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga
bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: