Mavzu: Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va tuzilishi Reja



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə1/3
tarix14.06.2022
ölçüsü24,09 Kb.
#61397
  1   2   3
3-mavzu Musiqa o'qitish metod (2)


Mavzu: Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va tuzilishi
Reja:

1. Musiqa madaniyati darslarining maqsad va ahamiyati.


2. Musiqa madaniyati darsining hususiyati va boshqa fanlardan farqi.
3. Musiqa madaniyati darsining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Musiqa darsining strukturasi.
5. Musiqa darsining faoliyat turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: «Metodika» - bilish, o‘rganish usuli, «Xususiy metodika» - bitta fanning uslubi, «Amaliy metod» - ijodiy mehnat.
Dars, musiqa tarbiyasi tizimida, yetakchi omil hisoblanadi. Chunki, bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa bolalarni aqliy hamda ahloqiy rivojlanishida katta ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Shuning uchun musiqa darslari eng avvalo, tarbiya darsi deyiladi. Fanning nomi faqatgina musiqa o‘qitish metodikasi emas, balki musiqa tarbiyasi metodikasi deyiladi. Yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy va nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim. Bugungi kunda musiqa insonni shakllanishida muhim rol` o‘ynaydi, uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta`sir ko‘rsatadi.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifalaridan biri,o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va ma`naviy tarbiya berish. Bunda o‘qituvchi bolalarni ma`lum bir musiqa asari bilan tanishtirib, uni ifodali, «jonli» qilib ijro etib, o‘quvchilar diqqat e`tiborini asarga jalb etadi, ularning nutqini o‘stirish, fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini kengaytiradi, emotsional his-tuyg‘ularga ham faol ta`sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o‘zlashtirish emas, balki o‘quvchilar ongini voqelikka munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg‘ularini shakllantirish nazarda tutiladi.
O‘qituvchining darsga ijodiy tarzda yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
- musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash;
- hat va san`at o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalash;
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o‘qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, ya`ni bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yo‘llarini takomillashtirib borishi zarur. Musiqa darslari olib boriladigan sinf xonasi did bilan namunali jihozlangan bo‘lishi muhim rol` o‘ynaydi. Texnika vositalari, metodik ko‘rgazmali qurollar, pianino cholg‘u asbobi va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi, yangi dasturdan foydalanib, dars reja konspektalarini tuzib yangi texnologiyani qo‘llab olib borilishi kerak. Shunday qilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini maqsadi va mazmuni darsni mazmunlarini yoritib, hayot bilan bog‘lab darsning hamma qismlarini bir-biri bilan uzviy olib borishini talab etiladi.
Musiqa darsi boshqa darslardan o‘zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa darslari quyidagi spetsifik hususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:

      1. U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg‘u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.

      2. Musiqa boshqa san`at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, ya`ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so‘z bilan tasviriy san`at ranglar bilan, raqs sanxati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san`at turlarini ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqagina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz, shuning uchun ko‘zi ojiz kishilardan ham etuk musiqachilar etishib chiqqan.

      3. Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san`atdir. Shuning uchun, ijro etilayogan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda, uning yangi-yangi badiiy qirralarini his etamiz.

      4. Musiqa bolalarga faol emotsional ta`sir ko‘rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darslaridan bolalar hordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, hursand bo‘lib chiqadilar. hullas musiqa darsi o‘zining faol psixologik ta`siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi.

Shuningdek musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Tasviriy san`at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini hayot bilan bog‘lashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi o‘zining aralash dars tipi bilan ham boshqa fanlardan farq qiladi.

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin