Mavzu: Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va tuzilishi Reja


Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsi beshta faoliyat turidan tuziladi



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2022
ölçüsü24,09 Kb.
#61397
1   2   3
3-mavzu Musiqa o'qitish metod (2)

Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsi beshta faoliyat turidan tuziladi:
1. Xor bo‘lib kuylash.
2. Musiqa savodi.
3. Musiqa tinglash.
4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish.
5. Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishdan iborat.

Xor bo‘lib kuylash


Bolalarni musiqiy o‘quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. Bunda o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish ko‘p jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiq o‘quvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berishga bog‘liq. Chunki yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko‘pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal-xor ishlarini amalga oshirishda o‘qituvchi ovoz sozlash, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ovoz diapazoni (do‘-do), ishchi diapazoni(mia`-fa`-sol`)primar tovushlarida kuylash uchun qulay bo‘lgan (sol`-lya), tovushlarini aniq bilishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi:

  1. Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish.

  2. Qo‘shiq haqida o‘qituvchining kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari, asarining mazmuni, tarixiy hususiyatlari xaqida qisqacha xikoya qilish).

  3. Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari, ladi, xarakteri mazmunini suhbat yo‘li bilan belgilash).

  4. Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (to‘g‘ri nafas olib, jumlani ohirigacha tejab etkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).

  5. Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish ya`ni umumlashtirish).

Musiqa savodi
Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dars faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o‘rganish va ijro etish ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo‘llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o‘quvchilarni tobora shakllantiradi va ularni doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Shunday qilib musiqa savodi darsining ta`limiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi (faoliyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur bo‘yicha berilgan chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asarlarini savodli tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ular o‘quvchilarni kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari asosida o‘rgatiladi.
Musiqa savodi quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘rgatiladi.

  1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari – kuy, registr, temp, ritm, dinamik belgilar o‘rgatish.

  2. Ovoz sozlash va qo‘shiq ijro etish qoidalariga doir bilimlar, chapak va cholg‘u asboblar chalish qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.

  3. Musiqa ijodkorlari: «kompozitor», «ijrochi», «tinglovchi» mavzuning mazmuni va o‘rganiladigan asarning mualliflari haqidagi ma`lumotlar, musiqa savodi orqali amalga oshiriladi.


Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin