Musiqaga xos harakatlar bajarish.
Boshlang‘ich sinflarda ritmik harakatlarni bajarish, o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ovoz apparatlari nozik, diqqat e`tibori tarqoq serharakat, o‘ynqaroq, xotirasi, nutqi, to‘liq rivojlanmagan bo‘lganligi sababli musiqa darsida faoliyat turlari tez-tez almashib turishi lozim. Musiqaga mos raqs, o‘yin harakatlarini bajarish, o‘quvchilarni diqqatini jamlashda, xotirasini mustahkamlashda va jismonan o‘sishga yordam beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqsi elementlarini bajarish, mustaqil o‘yinlar o‘tkazish, musiqaning harakteriga mos, turli qo‘l va tana harakatlari bilan ifodalanadi. Ma`lumki, milliy musiqamiz madaniyatida raqs muhim o‘rin tutadi va unga har bir bola qiziqadi.
Raqs harakatlari musiqa darsida o‘quvchilar faollashuvini oshiradi. Eng muhimi shundaki, raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning musiqiy iqtidori, ritm tuyg‘usi faol rivojlanadi. har bir harakat turini o‘qituvchi oldindan belgilaydi va o‘zi uni aniq, go‘zal va ifodali qilib ko‘rsatib beradi. har bir harakatni bajarishdan oldin, unga doir musiqani mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so‘ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar mazmunida o‘yin metodlaridan foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy harakat turi, musiqali o‘yinlar, o‘quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi va ularni ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini oshiradi. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini diqqat e`tiborini tarqoq ovoz apparatlari, kuchsiz, musiqiy o‘quv qobiliyatlari to‘la shakllanmagan, serharakat, o‘yinga moyil bo‘ladilar. Bunda darsning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab darsni hohlagan dars faoliyatidan boshlash mumkin. Bundan maqsad, o‘quvchilarni musiqaga qiziqtira olish, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, dars faoliyatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishdir. Demak, yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun, musiqa o‘qituvchisi ijodkor bo‘lishi, musiqadan zarur bilimlarga hamda ashulachilik malakalariga ega bo‘lishi lozim.