3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ishlab chiqarish harajatlarining sintetik va analitik hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Ishlab chiqarish harajatlarining sintetik va analitik hisobi. 21- son BXMS ga 
muvofiq ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”,
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” va 2510 “ Umumishlab chiqarish harajatlari” 
schetlarida olib boriladi. Ushbu schyotlarni ochish negiziga ishlab chiqarish 
harajatlarining ishlab chiqarishda tutgan o‘rni asos qilib olingan. Ushbu schyotlarning 
barchasi aktiv, doimiy schyotlardir. Ularning debetida harajatlarning ko‘payishi, kreditida 
esa harajatlarning hisobdan chiqarilishi, ya’ni kamayishi aks ettiriladi. Bu schyotlarning 
qoldig‘i mos ravishda asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarishning tugallanmay 
qolgan qismini pulda ifodalaydi. Aksariyat korxonalarda 2310 “Yordamchi ishlab 
chiqarish” va 2510 “ Umumishlab chiqarish harajatlari” schetlari hisobot davrining 
oxirida yopiladi, ya’ni ularning debetida to‘plangan summalar, yuqorida aytib 
o‘tganimizdek, u yoki bu usulga asosan taqsimlanadi. Jumladan, ularning asosiy ishlab 
chiqarishga doir qismi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining debetiga o‘tqaziladi 
va shu asosda ushbu schyotlar yopiladi, ya’ni davr oxirida qoldiqga ega bo‘lmaydi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


115 
2010 “Asosiy ishlab chiqarish “ schyotining debetida to‘plangan summa (uning 
kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari, masalan qaytarilgan chiqindilarning 
qiymati, brak summasi) ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning (ishlarning, 
xizmatlarning ) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi. Ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlar (bajarilgan ishlar va xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi 2010 “Asosiy ishlab 
chiqarish” schyotining krediti orqali mos ravishda 2810 “Ombordagi tayyor 
mahsulotlar”, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi 9130 “ Bajarilgan 
ishlarning va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi.
Ishlab chiqarish harajatlariga doir operatsiyalar schetlarda quyidagicha aks 
ettiriladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin