113
sexlarning harajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab
chiqarish harajatlari tarkibiga kiritiladi.
Umum ishlab chiqarish harajatlari deganda barcha asosiy va yordamchi ishlab
chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning harajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi,
yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi
va boshqalar
asosiy va yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning harajatlari
ham alohida hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq
asosiy va yordamchi ishlab chiqarish harajatlariga kiritiladi.
Tannarxga kiritilish usuliga qarab barcha ishlab chiqarish harajatlari bevosita va
bilvosita harajatlarga bo‘linadi.
Bevosita harajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan harajatlar tushuniladi. Ularga misol qilib,
masalan, non ishlab chiqarishda tuzilgan kalkulyatsiyaga
muvofiq bevosita sarflangan
un va boshqa materiallarning harajatlarini, bevosita non ishlab chiqarish bilan
shug‘ullangan ishchilarga hisoblangan
ish haqi harajatlarini, ishlab chiqarish sexining
bevosita boshqa harajatlarini keltirish mumkin.
Bilvosita harajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga
taalluqli bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar
(mahsulotlar) o‘rtasida taqsimlanadigan harajatlar tushuniladi.
Aksariyat umum ishlab
chiqarish harajatlari aynan bilvosita harajatlar hisoblanadi, ular ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning hissasi, sex xodimlari ish haqining hissasi
va boshqa belgilariga qarab
mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish harajatlari
o‘zgaruvchan va shartli o‘zgarmas turlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: