219
250
Daromad(foyda) solig‘i
Daromad(foyda)
solig‘i
foyda
hisobi uchun mo‘ljallangan 9810-
schyotning debet oborot summasi
harajatlar ustunchasiga yoziladi
260
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
Foydadan
boshqa
soliqlar
va
yig‘imlar
hisobi
uchun
mo‘ljallangan
9820,9830-
schyotlarning
debet
oborot
summalari
harajatlar ustunchasiga
yoziladi
270
Hisobot
davrining
sof
foydasi
(zarari)
240 –satr – 250-satr – 260-satr.
Foyda
summasi
daromadlar
ustunchasida, zarar summasi esa
harajatlar
ustunchasida
ko‘rsatiladi
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning alohida bo‘limi “Byudjetga to‘lovlar
to‘g‘risida ma’lumot” deb ataladi. Ushbu ma’lumotnoma to‘rtta ustunchadan iborot
bo‘lib, uning 1 va 2- ustunchalarida soliq to‘lovlarining
nomi va satr raqami, 3-
ustunchada hisob bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar summasi, 4-ustunchada esa – haqiqatda
to‘langan soliq to‘lovlari summasi ko‘rsatiladi. Ma’lumotnomaning har bir satrida soliq
to‘lovlarining alohida turlari bo‘yicha hisoblangan va haqiqatda byudjetga to‘langan
summalar ko‘rsatiladi.
13.3.Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotning (3-son shakl)
asosiy maqsadi
bo‘lib korxonaning asosiy vositalarining, shuningdek ularning eskirishining holati va
harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Hisobot 12 ta
ustunchadan iborot bo‘lib, uning 1 va 2- ustunchalarida asosiy
vositalarni guruhlarining
nomi va satr raqamlari ko‘rsatiladi. 3 ,4,5,6 –ustunchalarda asosiy vositalarning davr
boshidagi qoldig‘i, davr ichidagi kirimi va chiqimi va davr oxiridagi qoldig‘ining
summalari boshlang‘ich qiymat bo‘yicha ko‘rsatiladi. Hisobotning 7,8,9,10 – satrlari
asosiy vositalar bo‘yicha jamlangan eskirishning davr boshidagi qoldig‘i,
davr ichidagi
ko‘payishi va kamayishi va davr oxiridagi qoldig‘ining summalarini ko‘rsatishga
mo‘ljallangan.
Hisobotning 11 va 12- satrlarida mos ravishda yil boshiga va yil oxiriga asosiy
vositalarning qoldiq qiymatlari, ya’ni boshlang‘ich qiymat
va jamlangan eskirish
summalari o‘rtasidagi farq summasi, ko‘rsatiladi. Hisobotning 010- satridan to 160-
satrigacha yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosiy vositalarning alohida guruhlari
bo‘yicha beriladi. 170-satrda ushbu ma’lumotlar jami asosiy vositalar bo‘yicha
jamlab
ko‘rsatiladi. Hisobotning 171 va 172 satrlarida korxonaning asosiy vositalarining holati
va harakatiga doir ma’lumotlar ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra guruhlanib
ko‘rsatiladi.
Hisobotda asosiy vositalarga sarflangan qo‘shimcha
investitsiyalar, shu jumladan
tugallanmagan qurilish, to‘g‘risidagi axborotlar ham ma’lumot tariqasida keltiriladi (
180,181,182,183,190-satrlar).
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
220
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib 0100 “Asosiy
vositalar hisobi schyotlari”, 0200 “Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari” , 0300
“Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi schyotlari”,
0810 “ Kapital qurilish”, 0820 “Asosiy vositalarni sotib olish”
schyotlarining
ma’lumotlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: