3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Bevosita (to‘g‘ri) usul. Ushbu usulda asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul 
oqimlarini hisoblashda ularning kirimi va chiqimi “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida 
hisobot»ning ularga mos keluvchi sof tushum, tannarx, davr harajatlari,soliq to‘lovlari 
kabi ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘lanadi. Jumladan , pul kirimi sof tushum bilan, pul 
chiqimlari hisobotning tannarx, davr harajatlari, soliq to‘lovlari kabi moddalari bilan 
bog‘lanadi. Pul oqimlarini hisoblashda moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning 
yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi va ushbu ko‘rsatkichlar ularga 
ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarish summasiga tuzatiladi. Ushbu tuzatishlar, jumladan, 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
1.Haridorlardan kelib tushgan pul malag‘lari summasi (Pk) ni topish uchun
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotda ko‘rsatilgan sotishdan olingan daromad (Sd) 
summasi korxona balansining davr boshiga va oxiriga ko‘rsatilgan haridorlar bo‘yicha 
debitorlik qarzlarining (Dq) ko‘payish yoki kamayish summasiga tuzatiladi, jumladan
debitorlik summasini oshishi (+Dq) pul kirimlarini kamaytiradi, aksincha debitorlik 
qarzlarning kamayishi (-Dq) esa pul kirimlarini ko‘paytiradi, ya’ni: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


222 
 
Haridorlardan tushgan pul
mablag‘lari (Pk) = 
 
Sotishdan olingan 
daromad (Sd) 
+ Debitorlik qarzlarning 
kamayishi (-Dq) 
- Debitorlik qarzlarning 
ko‘payishi (+Dq) 
Misol uchun, sotishdan olingan daromad summasi (Sd) hisobot yilida 5000 ming 
so‘mni, haridorlarning debitorlik qarzlari balanc bo‘yicha yil boshida 1000 ming 
so‘mni, yil oxirida esa 2000 ming so‘mni tashkil etdi deylik. U holda haridorlardan kelib 
tushgan pul mablag‘lari (Pk) 4000 ming so‘mni tashkil etadi
( 5000 – 1000), agar debitorlik qarzlari yil oxirida 500 ming so‘mni tashkil etganda edi, u 
holda haridorlardan kelib tushgan pul mablag‘lari (Pk) 5500 ming so‘mni tashkil etar edi
(5000+500). 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin