221
Har bir guruhdan keyin hisobotning alohida satrlarida faoliyat turi bo‘yicha
sof pul
kirimi/chiqimi ko‘rsatiladi. Bu korxonada har bir faoliyat bo‘yicha hisobot davrida
ko‘proq kirimga yoki chiqimga erishganlikni aniqlashga imkon beradi.
Hisobotning alohida satrida (220-satr) korxonaning moliyaviy –xo‘jalik
faoliyatining jami sof pul kirim/chiqimi barcha faoliyat turlari bo‘yicha
birgalikda
ko‘rsatiladi. Buning uchun barcha faoliyat turlari bo‘yicha pul tushumlarining va
to‘lovlarining guruhlangan summalarining ( 050,100,
180,210- satrlar) farqi ( +,- ) mos ravishda kirim yoki chiqim ustunida aks ettiriladi.
Hisobotning oxirgi ikkita satrida (230 va 240-satrlar) mos ravishda hisobot davrning
boshi va oxirida mavjud pul mablag‘larining qoldiq summalari ko‘rsatiladi. Bunda 240-
satrda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining oxirgi qoldig‘i 230-satrda ko‘rsatilgan pul
mablag‘larining bosh qoldig‘i va 220- satrda ko‘rsatilgan
hisobot davrdagi pul
mablag‘larining sof kirim/chiqim summalarining yig‘indisi yoki ayirmasiga teng bo‘lishi
lozim.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot korxonaning pul mablag‘lari hisobi uchun
mo‘ljallangan schyotlar ( 5000,5100,5200,5500,5600,5700 )
ning mos ravishdagi bosh
qoldiq, oxirgi qoldiq, debet va kredit oborot summalarini korrespondensiyalangan
schyotlarning yozuvlari asosida tuziladi.
9-son BHMS “ Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ga muvofiq (15-band ) pul oqimlari
to‘g‘risidagi hisobotning faoliyat turlari bo‘yicha kirim va chiqimini
aks ettirishda ikki
usuldan, ya’ni bevosita (to‘g‘ri ) usuldan va bilvosita (egri ) usuldan foydalanish
mumkin. Bu ikkala usul ham pul mablag‘larining qoldig‘i, kirim va chiqimi bo‘yicha bir
xil
natijalarni beradi, lekinda ularda pul oqimlarini hisoblashda turli ko‘rsatkichlar asos
qilib olinadi. Bu faqatgina asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini
hisoblashga taallluqlidir. Investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha
pul oqimlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri pul mablag‘lari hisobi uchun mo‘ljallangan
schyotlarning (5000,5100,5200,5500,5600,5700) registrlaridan olinadi.
Asosiy faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri ) usullar
asosida hisoblashning xususiyatlariga quyidagilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: