Operatsion harajatlar bo‘yicha pul = to‘lovlari (Ptox) Davr harajatlari + (Dx) + Kelgusi davr harajatlari- ning ko‘payishi (+Kdx) - Kelgusi davr harajat- larining kamayishi (-Kdx) + Majbu- riyatlarni kamayishi (-M ) - Majbu- riyatlarni ko‘payishi (+M) -
Amortiza- siya va boshqa pulsiz harajat- lar (Apx) Misol uchun, davr harajatlari 1000 ming so‘m deylik, kelgusi davr harajatlari
hisobot davr boshiga 60 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 50 ming so‘mni, hisoblangan
majburiyatlar hisobot davr boshiga 200 ming so‘m, hisobot davr oxiriga 100 ming
so‘mni, amortizatsiya harajatlari 150 ming so‘mni tashkil etdi deylik. Ushbu misolda
operatsion harajatlarga doir pul to‘lovlarining summasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot va balans ma’lumotlarga ko‘ra 940 ming sumni ( 1000-10+100 -150) tashkil
etadi.
4.Korxona foydasi (daromadi)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari summasini ( Pchs) topish uchun asos qilib foyda (daromad) va boshqa daromaddan
olinadigan soliqlarning (infrastrukturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq, yalpi
tushumdan soliq) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan summalari (Sf)
olinadi va ushbu summa balansning davr boshi va oxiridagi ushbu soliqlar bo‘yicha qarz
(Qs) summalaridagi o‘zgarishlarga tuzatiladi, jumladan soliqlar bo‘yicha qarz summasini
kamayishi (-Qs) pul chiqimlarini ko‘payishiga, qarz summasini ko‘payishi (+Qs) esa pul
chiqimlarini kamayishiga olib keladi, ya’ni: