3-modul. Agrosanoat majmuasi


ASMsini mamlakatni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni. O‘zR.kasi ASM sini boshqarish tizimi



Yüklə 82,12 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü82,12 Kb.
#194129
1   2
3.1.3-mavzu.ASM MAM.IQ.NING KO‘P TARM.TIZIMI SIFATIDA.

3.1.3.ASMsini mamlakatni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni. O‘zR.kasi ASM sini boshqarish tizimi.
Respublika hukumatining yeng muhm vazifalaridan biri aholining iste'mol tovarlariga nisbatan o'sib borayotgan talabini qondirishdir. Agrosanoat majmuasida barcha tarmoqlar o'zaro uyg'unlashishi (integrasiyalashuvi) hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste'molchilarga yetkazib berilishi zarur.
Ulardan birinchisi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq-ovqat mahsulotlari majmuasiini tashkil yetadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, shakar, go'sht va go'sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, kon'yak, aroq, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zarur moddalarni berib, uning sog'lom o'sishini ta'minlaydi.


O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun ilmiy-tibbiy jihatdan asoslangan oziq – ovqat me’yorlari bo‘yicha tavsiyalar.
Toshkent-1986 yil (Spravochnik, O‘rta Osiyo q/x iqtisodiyoti ilmiy tekshirish ilmgohi - sobiq SANIIESX SAO VASXNILI 4. 364-bet)







Bir kunga, gramm

Bir oyga,kilogramm

Bir yilga, kilogramm

Non va non mahsulotlari

340,0 - 465,8

10,2 -14,0

124,1-170,0

Har xil krupalar

48

1,440

17,5-18,3

Guruch

30

0,900

11,0

Kartoshka

175

5,250

45,0-63,8-65,7

Poliz ekinlari

270

8,100

98,5

jumladan: qovun

150

4,500

54,8

tarvuz

100

3,000

36,5- 36,6

kadi

20,0

0,600

7,3

Yangi mevalar va rezovar mevalar

240

7,200

87,6-98,6

Quruq mevalar

30,0

0,900

11,0

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari

230

6,900

83,9-84,0

jumladan: qo‘y go‘shti

100,0

3,000

36,5

mol go‘shti

75,0

2,250

27,4- 29,2

Parranda va yovvoyi parranda go‘shtlari (ptisa va dich)

20,0

0,600

7,3

Har xil go‘shtlar va kotirilganlari

25,0

0,750

9,1- 11,0

Baliq

40,0

1,200

8,0-14,6

jumladan: yangisi

30,0

0,900

11,0

Tuxum ( 20 donasi 1 kg keladi )

48,0

1,440

17,5 kg yoki 350 dona

Sut va har xil sutga aylantirilgan sut mahsulotlari (Moloko i prochie molochnoe produktы v perevode na moloko)

1270


38,100


463,6


jumladan: maqsadli sut (selnoe moloko)

500,0

15,000

182,5

Sabzavot

310,0

9,300

113,3-113,15

jumladan: karam

55,0

1,650

20,1-21,9

pomidor

70,0

2,100

25,6

bodiring

15,0

0,450

5,5-7,3

lavlagi

15,0

0,450

5,5-7,3

piyoz

50,0

1,500

18,3

boshqa sabzavotlar

55,0

1,650

20,0 - 21,9

Uzum

70,0

2,100

25,5

Shakar

90,0

2,700

32,9

Asal

-

-

-

O‘simlik moyi

26,0

0,780

9,5-11,0

Kakao

1,0

0,030

0,37

Kofe

1,0

0,030

0,37

Chay

5,0

0,150

1,8



Eslatma: Oylik va kunlik me’yorlar hamda ayrim me’yorlardagi o‘zgarishlar biz tomonimizdan hisoblanib kiritildi.Me’yorlarga ayrim o‘zgartishlar kiritilganligini hisobga olish so‘raladi (masalan: yillik me’yorlarga asoslanib kunlik va oylik iste’mol me’yorlari chiqarilgan; Olimlar adabiyotlaridagi tavsiyalar ham kiritilgan.


Shifobaxsh ne’matlar: TOK, UZUM VA MAYIZ
Nimalarga davo, qachon foydali yoki…..
Tok turmush tarzimizga shunchalar singib ketganki, uningsiz hayoti-mizda nimadir yetishmagan bo‘lardi. Axir hech bir meva, hech bir o‘simlikka uzumchalik ko‘p ahamiyat berilmagani bejiz yemasda. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: uning hech nimasi chiqitga chiqmaydi. Halqimiz uzum hosilidan tortib, uni-ng shoxlari, bargi, urug‘iyu novdalaridan ham keng foydalanadi. Uni oziq-ovqat, dori-darmon, go‘zallik vositasi sifatida ishlatamiz.
Xo‘sh, bu jannatiy mevaning siri nimada ekan?
UZUM- uning tarkibida 150 dan ortiq biologik faol moddalar mav-jud. Turlariga qarab, tarkibida 20 foizgacha qand, oksil, yog‘, shuningdek organik kislotalar, turli darmondorilar mavjud. Uzumning asosiy xususi-yati- tarkibida kislotalarning ko‘pligi. Ular nafas olish yo‘llarini yengil qitiqlaydi, shu sababli balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi va yo‘tal-ni yumshatadi.
Bundan tashqari:
- modda almashinuvini yaxshilovchi darmondorilar manbai sanaladi. Inson tanasidan siydik kislotasini haydashda yaxshi yordam beradi;
- bo‘zilgan mijozni mu’tadillashtiradi. Qora safroni haydaydi. Ko‘krak sohasi a’zolarini yaxshilaydi;
- tarkibida qand ko‘pligi sababli uning sharbati zaiflashgan bemor-larga darmon bo‘ladi. Aynan shu sababli qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya yetilmaydi;
- u turli mineral to‘zlarga boy. Unda kaliy ko‘p miqdorda uchraydi. Shu sababli yurak-ishemik kasalliklarida qo‘l keladi;
- kamqonlikda tavsiya yetiladi;
- uzum sharbati siydik haydash, homilani mustahkamlash xususiyatiga yega. Shuningdeq tok navdalaridan olingan sharbat sochni o‘stiradi va mustahkamlaydi;
UZUMNING G‘O‘RASI
- uzum guli iste’mol qilinsa, ko‘ngil aynishini, kekirishning oldini oladi;
- iste’mol qilinganda oshqozonda yig‘ilgan shilimshiqni bartaraf etadi, oshqozon, jigar va boshqa a’zolar faoliyatini kuchaytiradi, chanqoq-ni bosadi;
- quritib, ko‘kinga aylantirib, surtilsa, terini xushbo‘y qiladi, uning dag‘allashuvi, quruqligi, allergiya va qichishini davolaydi. Biroq u sovuq oshqozonni bo‘shashtiradi, erkaklik quvvatini susaytiradi, yelni ko‘pay-tiradi, ichak kasalliklari paydo bo‘lishiga olib keladi;
- uzum suvi ko‘zga tomizilsa qichishini to‘xtatadi, qovoq shamollashini davolaydi;
- qiyomi sil, bachadon kasalliklarida yordam beradi, yurakni mustah-kamlaydi.
URUG‘I
Uzum urug‘ida 20 foiz yog‘lar, sirka kislotasi va boshqa moddalar mavjud.
- uni tuyib istemol qilinganda yel paydo qiladi, siydik ajralishi va hayzni to‘xtatadi. Qon tuflaganda foydali. Bir martalik iste’mol miq-dori 45 grammgacha. Biroq u buyrak va qovuqqa zararli;
- bachadondan qon ketishida qon to‘xtatuvchi vosita sifatida ishla-tiladi;
- uzum urug‘idan olingan yog‘ sochlarni mustaxkamlash xususiyatiga yega. Ushbu yog‘ bilan massaj qilinganda inson terisi mayin va silliq bo‘ladi.
TOK BARGI
Tok bargida 2 foiz qand, ko‘proq organik kislotalar mavjud.
- zamonaviy xalq tibbiyotida ich qotishga qarshi ishlatiladi;
- qaynatmasining sovutilgani revmatizmdagi ko‘z xiralashishini davolashda foydalidir;
- quritilgan barg kukuni yiringli yaralarga qo‘yiladi;
- qondagi qand miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Shu sababli qandli diabetda qo‘llaniladi;
- tok barglarining qo‘yultirgan sharbati oshqozon qizishining oldini oladi, ko‘ngil aynishini to‘xtatadi, qonli qayt qilishni, ichak yarasini davolaydi;
- qon tupirishda yordam beradi;
- erkaklik quvvatini oshiradi.
TOK NAVDALARI
-Tokning kuli qovuq va buyrakdagi toshlarni parchalaydi, bosh og‘rig‘i, migren, bavosilni davolaydi;
-Tok novdasidan olingan sharbatga shakar qo‘shib, qiyom qilinsa, yurak urishi, ko‘ngil aynishi, safro issiqligida yordam beradi, ishtaha ochadi. Biroq, bu qiyom yo‘talda zararli;
-Tok shirasi va qiyomi vino bilan ichilsa, taloqni tozalaydi, qovuq va buyrakdagi toshni parchalaydi;
-Tok sharbati va vino aralashtirib surtilsa, yekzemani davolaydi. Biroq bu usulni qo‘llashdan burun yara soda bilan tozalanishi lozim;
-Tok shirasi va qiyomi zaytun yog‘i bilan aralashtirib surtilsa, sochni mustahkamlaydi;
-Tok novdasi yoqilganda chiqadigan suvi sutal,sepkil, temiratkini davolaydi. Agar mayiz bilan artilsa, uning ta’siri kuchi yanada ortadi;
-Tok novdasining kuli sirka bilan qo‘shib surtilsa, bavosirni davolaydi. Shuningdeq ushbu kul yeski yog‘, zaytun yog‘i va asal bilan aralashtirib surtilsa mushak jarohatiga davo bo‘ladi, bo‘shashgan bo‘g‘inlarni mustahkamlaydi, taranglashgan asablarni bo‘shashti-radi. Shu vosita sirka bilan qo‘shilganda ilon chaqqanda va it tishlaganda yordam beradi;
-Tok kuli iste’mol qilinganda bosh chaqalishi va jaroxatlarida yordam beradi. U quyidagicha tayyorlanadi- 3 osh qoshiq kul 1 litr suvda qaynatiladi. So‘ng kukunning cho‘kishi kutiladi va olib tashlanadi. Suv shu tarzda uch karra tozalangach, iste’mol qilinadi. Bunday suvning bir marta qabul qilinishi hajmi 100 grammgacha.
«Agro biznes inform)» № 08-09/80-2013 62- bet.


Xulosa va takliflar.
Xulosa: Agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari va tarkibi to‘liq berilgan. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlari bugungi talab darajasida emas.ASMsini mamlakatni oziq-ovqat xafsizligini ta’minlashdagi o‘rni, ASM sini boshqarish tizimi hamma holatlarda biz o‘ylagandek emas.
Takliflar: 1.Agrosanoat majmuasining maqsadi har bir xodimga tushuntirilishi kerak. 2. ASM ning vazifalari va tarkibi to‘liq o‘rganilishi zarur. 3.Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlari bugungi talab darajasida emasligi bo‘lgani uchun joylarda pedagog-olimlar ishtirokida nazariy bilim,ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida qisqa muddatli o‘quv-simenar mashg‘ulotlari,davra suhbatlarini tashkil etish. 4.ASMsi tomonidan mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashda nobudgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Masalan: “Dala-iste’molchi”, “Dala-chorva kompleksi”, “Kimyo omborxonasi-istimolchi” va boshqa shakllardagi “Buyurtma stoli” faoliyatini talab darajasida amalga oshirish, natijada nobudgarchilikga yo‘l qo‘yilishi oldi olinar edi. 5.Ilmiy –amaliy jihatdan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida kishilar va chorva uchun me’yorlar hamda ratsionlar bo‘yicha kunlik,yillik talabga binoan biznes reja-tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 82,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin