3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə36/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#177988
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org

Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» soʻzining tarjimasi boʻlib, yigʻilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat boʻlib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yoʻlida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, oʻquv yurti jamoasi, xoʻjalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, oʻquvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega boʻlgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol oʻynashi toʻgʻrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari oʻrtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab boʻlmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Oʻquvchilar jamoasi oʻziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida soʻz yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari oʻz ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon boʻlar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida oʻzaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-gʻoyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud boʻladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida oʻz jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qoʻyilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrni va rolini toʻgʻri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari oʻrtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning boʻlinishga yoʻl qoʻymaydi.
Har bir jamoa oʻz-oʻzini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bogʻlanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-gʻoyaviy yoʻnalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida oʻz aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini oʻrnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari oʻrtasida oʻzaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun gʻamxoʻrlik, oʻzaro yordam, jamoa manfaati uchun qaygʻurish, mazkur yoʻlda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi.
Demak, jamoa oʻzida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:


Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uygʻota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo boʻlishiga koʻmaklashadi, jamoa bilan munosabatda boʻlish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida oʻzaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat koʻpincha oʻz-oʻzidan paydo boʻladi hamda ular oʻqituvchiik ta’sir koʻrsatish uchun qoʻl keladi. Jamoa a’zolari oʻrtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil boʻlgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bogʻliqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli koʻrinishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan tashkiliy jihatlari koʻzda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari oʻrtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yoʻlida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari oʻrtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim a’zolar oʻrtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu oʻrinni egallaydi. Oʻquvchining jamoadagi oʻrni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir koʻrsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq boʻlganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida koʻzga koʻringan oʻrinni egallagan holdagina u chinakam jamoa boʻla oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar boʻlgandagina jamoa oʻzini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida oʻzaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat asosida tashkil topgan boʻlmasin haqiqiy jamoa boʻla olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga oʻqituvchiik rahbarlikning yoʻlga qoʻyilishidir.
Shunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh boʻlib, u ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qoʻyilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari oʻrtasida qaror topgan oʻzaro birlik, shuningdek, ular oʻrtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga boʻysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish oʻqituvchiik faoliyatining maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega boʻlgan sub’ektlarning alohida namuna koʻrsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi boʻlib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi koʻzda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy oʻrta ta’lim hamda oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror boʻgʻin - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida oʻquvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat oʻqish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim boʻgʻin – oʻqituvchilar jamoasi hamda oʻquvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. Oʻquv yurtlari jamoasi tarkibida oʻquvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. Oʻquvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi oʻzaro birlikka ega oʻquvchilar guruhidir.
Oʻquvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi oʻqituvchilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi boʻlib, oʻz-oʻzini nazorat qilish hamda oʻz-oʻzini boshqarish huquqi, shuningdek, oʻziga xos psixologik muhit va an’analariga ega boʻladi.

Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir.



Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun toʻrt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab oʻqituvchi butun guruhga talab qoʻyadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qoʻyadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. Soʻnggi (toʻrtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi oʻz oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qoʻyish layoqatiga ega boʻladi. Ushbu jarayon mohiyatini qoʻyidagicha bayon etish mumkin:


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin