3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi


Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə37/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#177988
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org

Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari.
Jamoaga qoʻyilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy koʻrsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini koʻrsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon boʻladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay oʻqituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali oʻqituvchiik ta’sir koʻrsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat oʻqituvchilar tomonidan qoʻyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangʻich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa boʻlmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda oʻquvchilar oʻqituvchi tomonidan talablarning qoʻyilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. Oʻquvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo boʻlishi, shuningdek, oʻquvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo boʻlishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois soʻz yuritilayotgan bosqichda oʻqituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat boʻladi.
Ushbu bosqichda oʻqituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qoʻya olishi, u tomonidan qoʻyilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda oʻqituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning vujudga kelganligi ma’lum boʻlsada, ayni vaqtda guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun zarur boʻluvchi sharoitning hali mavjud boʻla olmaganligini hisobga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo boʻlishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, oʻqituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda boʻladilar. Faollar oʻqituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining oʻqituvchi talabini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz navbatida uning oʻzi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qoʻyishi bilan tafsiflanadi. Endilikda oʻqituvchi jamoada paydo boʻlgan va u bilan bogʻliq muammo, masalalarni yolgʻiz oʻzi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa oʻz-oʻzini boshqarishga oʻtadi.
Oʻquvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini oʻquvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni oʻtkazishga tiyyorgarlik, uni oʻtkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini koʻrsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (ragʻbat)larning paydo boʻlishi, ijodiy hamkorlik va oʻzaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna boʻlishi, oʻz burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda oʻz mavqelaridan nooʻrin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu oʻrinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab oʻtish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega boʻlsada, ayni paytda uning oʻziga ham oshirilgan talablarning qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda toʻxtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat koʻrsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda toʻxtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qoʻyish xavfli tugʻilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik koʻrsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashiga koʻra, bu davrda butun jamoa «ayrim oʻzini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qoʻya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Oʻqituvchi mazkur yoʻnalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati jamoa boʻlib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, oʻquvchilar oʻrtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-gʻoyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targʻiboti tashkil etiladi. Oʻqituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qoʻshish imkonini beradigan oʻzaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir koʻrsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning har bir a’zosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish koʻnikmasini hosil qila olishi jamoa a’zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi - uning a’zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega boʻlgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qoʻya boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida oʻz-oʻzlariga talablar qoʻya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining oʻziga nisbatan muayyan talab qoʻyishi bilan tavsiflanadi, ammo qoʻyilgan har bir talab oʻziga xos yoʻnalishi (masalan oʻyindan umuminsoniyat baxti yoʻlida kurashishiga intilish oʻrtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
Toʻrtinchi bosqich jamoa a’zolarining oʻziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qoʻya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va oʻrnini pasaytirmaydi. Toʻrtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qoʻyish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
Bugungi kunda oʻqituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qoʻyidagi uch bosqichga boʻladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;
v) jamoaning umumiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Jamoa hayotida muhim oʻrin tutuvchi har bir bosqichni ajratib koʻrsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.
A.S.Makarenko jamoa a’zolari oʻrtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib koʻrsatgan edi:
1) major - doimiy tetiklik, oʻquvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;
2) oʻz jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun gʻururlanish asosida oʻz qadr-qimmatini anglash;
3) jamoa a’zolari oʻrtasidagi doʻstona birlik;
4) jamoaning har bir a’zosida qaror topgan doʻstona birlik;
5) tarbiyali, ishchan harakatga yoʻllovchi faollik;
6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish koʻnikmasi.
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qoʻyiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab oʻquvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni oʻz ichiga oladi.
Puxta oʻylab qoʻyilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning oʻrnatilishini ta’minlaydi.
Oʻqituvchilar tomonidan qoʻyilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1. qoʻyilayotgan talablar oʻquvchi shaxsini hurmat qilish tuygʻusi bilan uygʻunlashgan boʻlishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qoʻyilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan qoʻyilayotgan talablar aniq boʻlishi lozim.
4. Oʻquvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qoʻyilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart.
Oʻquvchi qoʻyilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qoʻyish metodikasini ham oʻzlashtira olgan boʻlishi kerak.
Oʻquvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qoʻyish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda oʻquvchilar faoliyat, shuningdek, qoʻyilayotgan talablarning bajarilish holatini muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat.
Oʻquvchilarni talablar bilan tanishtirish koʻpincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta’lim muassasasining direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktr oʻrinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan oʻquvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda koʻrsatish, keyinroq sinflar boʻyicha sinf majlislari yoki maxsus suhbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan qoʻshib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. Oʻquvchilar talablar mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi.
Talablarning qoʻyilishi jarayonida ularga oʻquvchilarning amal qilishi ustidan nazorat oʻrnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. qoʻyilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy boʻlishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan oʻquvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan chambarchas bogʻliq. Har bir oʻqituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun oʻqituvchi oʻquvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir oʻquvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda oʻquvchilarning jamoadagi obroʻsini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning oʻzlari, albatta, oʻqituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻqituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. Oʻqituvchi aynan faolga oshirilgan talab qoʻyadi. Oʻquvchilar jamoasida faol rahbarligida oʻz-oʻzini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois oʻqituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
Oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarishi bu oʻqituvchilar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda oʻquvchilarning faol ishtirok etishidir. Oʻz-oʻzini boshqarishning shakllari orasida jamoa a’zolarining yigʻilishi, konferensiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, oʻquv komissiyasi yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim oʻrin tutadi.
Oʻquvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim oʻrin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qoʻllab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar boʻlib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga boʻlinadi:
a) kundalik faoliyat an’analari;
b) bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari oʻquvchilarning oʻquv faoliyati (oʻzaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (koʻchatlar oʻtkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bogʻliq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navroʻz bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An’anaviy bayramlar oʻquv muassasalarida turlicha oʻtkaziladi. Oʻquvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda boʻlsalargina uning ta’sir kuchi yuqori boʻladi.
An’analarning yuzaga kelishida oʻquvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va oʻqituvchilar oʻquvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bagʻishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qoʻymasligi zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda oʻqituvchilar jamoasi yoki oʻqituvchi tomonidan ushbu jarayonda oʻquvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga oʻrgatish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.

Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi oʻrni va roli muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi:





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin