3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org
Tarbiya jarayoni koʻp qirrali jarayon boʻlib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar koʻzga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat oʻqituvchi faoliyati, balki oʻquvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, oʻy-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega.
Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga tashlanmaydi. Oʻzida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda oʻzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning oʻzida, turli-tuman qarashlar raavjud boʻlgan bir sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon shaxs ongi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror boʻladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun oʻquvchilik yillarida shaxsga toʻgʻri tarbiya berish lozimligi talab eliladi.
Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligidir. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu - oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. Oʻquvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yoʻnaltirilgan, bir-birini toʻldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz oʻtkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Oʻquvchilarni tarbiyalashda ta’lim muassasasi yetakchi oʻrin egallasa ham, oʻquvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir oʻtkaza olmaydi, chunki, oʻquvchilar belgilangan ma’lum muddatda ta’lim muassasasida, oʻqituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida boʻlib, qolgan boʻsh vaqtining asosiy qismini oilada, koʻchada, jamoat orasida oʻtkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida oʻquvchilar ta’lim muassasasi oʻqituvchilari ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan boʻlib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular oʻqituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar. Ayni vaqtda, respublikamizda oʻquvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qoʻshimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qoʻshimcha ta’lim muassasalarida oʻquvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirishlari, texnik va badiiy yoʻnalishlar boʻyicha bilim olishlari, amaliy faoliyat koʻnikma va malakalariga ega boʻlishlari mumkin. Qoʻshimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yoʻnalish va mavzulardagi uchrashuvlar, koʻrgazmalar, koʻrik-tanlovlar, suhbatlar oʻquvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim oʻrin tutmoqda.
Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati - bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish gʻoyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda oʻzlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega boʻlishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati shimdan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega boʻlib, unda oʻquvchining oʻzi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yoʻnalishda, ya’ni, oʻqituvchining oʻquvchiga koʻrsatadigan ta’siri (toʻgʻri aloqa) hamda oʻquvchining oʻqituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi gʻoyasiga muvofiq, endilikda oʻquvchi tarbiya jarayonining obyektigina boʻlib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun oʻqituvchi oʻquvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan boʻlayotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati - tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar oʻquvchilarga oʻz tushunchalariga muvofiq paydo boʻlgan dastlabki sifatlar oʻrtasida yoki oʻquvchilarga qoʻyiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari oʻrtasidagi ziddiyatlaming kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari ushbu qarama-qarshiliklar, koʻpincha, oʻquvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq boʻlmasligidan, oʻqituvchi va tarbiyachilaming oʻquvchilar yosh psixologik, fiziologik xususiyatlarini (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sogʻlomligi) yaxshi bilmasliklari oqibatida sodir boʻladi.
Demak, tarbiya jarayonida quyidagi qonuniyatlar modellartitirish xususiyatini oʻzida namoyon etadi:
Tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda modellashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari yana bir nechta mustaqil, biroq oʻzaro ta’sir koʻrsatuvchi kuchga ega boʻlgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq jihatlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
• tarbiyaviy faoliyatda obyekt va subyektning oʻzaro kommimikativ munosabati;
• bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar;
• uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari;
• guruh jamoasi norasmiy yetakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga ta’siri.
1) Obyekt va subyektning oʻzaro kommunikativ munosabati tarbiyaviy texnologiya modelida asosiy faoliyat koʻrsatuvchi deb e’tirof etiladi. Unda tarbiyalashni amalga oshiradigan oʻqituvchi yoki shaxslar guruhi, shuningdek manfaatlari doirasida tarbiyaviy oʻzaro ta’sir koʻrsatishni tashkil etuvchi shaxs yoki ijtimoiy muhit guruhi (masalan: sinf guruhi) tushuniladi.
2) Tarbiyaviy reja asosida tarbiyalashning bir maqsadga yoʻnaltirilganligi, tarbiyaviy texnologiya unsurlarini modellashtirishda oʻqituvchi tomonidan belgilangan hamda obyektni tarbiyalashdan mar lum bir maqsadni koʻzlash yoki faraz qilishdir. Ushbu jarayon asosida oʻqituvchi ishtirokida olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatning bir maqsadga qaratilganligi aniq mazmunga ega tarbiyaviy vositalarda, shakl va metodlarda ifodalanadi.
3) Uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon tarbiya texnologiyalarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, ta’limning uzluksizligini va nafaqat ta’lim muassasalarida, balki tarbiya oilada, ijtimoiy va geografik muhitda, mahallada olib borilishini bildiradi. Zero, ota-ona yoki avlod-ajdodlarga xos boʻlgan nutq, tafakkur, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste’dod allomalarining irsiyat orqali bolaga oʻtishini ta’minlovchi biologik omillarning (layoqat va iste’dod mudroq holatda boʻlib, uning uygʻonishi uchun oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida qulay sharoit yaratish talab etiladi) hamda shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi oila, maktab, doʻstlar va tengqurlar davrasi kabilarni oʻz ichiga oluvchi mikromuhitning uzluksiz tarbiyaviy jarayonda ta’siri beqiyosligi olimlarimiz tomonidan e’tirof etilgan. Ayniqsa, oila muhiti shaxsning shakllanishida oʻziga xos muhim tarbiyaviy maskan bolib, nihoyatda keng tarmoqli tarbiyaviy ta’sir etish quvvatiga ega. Ota-onaning tarbiyalanganligi va tarbiyaviy tajribalarni mukammal bilishi, bola tarbiyasida doimiy nazorat va javobgarlik hissi oʻzbek oilasi uchun eng qadrli burch sifatida e’zozlanadi, bularning barchasi tarbiyalanuvchi subyektga nisbatan komil inson shaxsiga xos sifatlarni shakllantirishga qaratilgan.
4) Guruh jamoasida norasmiy yetakchining (lider) xatti-harakati va xulq-arvori bilan tarbiyaviy jarayonga ta’sir etishi guruhda tarbiyalanuvchilarning barcha hayotiy faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Bolalar va oʻsmirlar jamoasidagi lider (yetaklovchi, boshlovchi) oʻqituvchi yoki tarbiyachi tomonidan guruhda rasman tayinlanmaydi. Jamoadagi bolalarga norasmiy yetakchilik qiluvchi oʻquvchi oʻqituvchilar oldida e’tibordan chetda yuradi, oʻzining qattiqqoʻlligi, xarakteridagi guruhga yetakchilik qilishga xos tugʻma qobiliyati, mustahkam irodaga egaligi, qoʻrqmasligi bilan guruh a’zolarining hurmatini qozonib, jamoadan ajralib chiqadi va oʻzi bilan hammaslak, hamfikr bolalarni yetaklaydi. Norasmiy liderning har qanday faoliyati salbiy oqibatlarga olib kelishi yoki ijobiy natijalar berishi ham mumkin. Bunda oʻqituvchining mahorati, psixologik tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻqituvchining norasmiy liderga nisbatan qattiqqoʻlligi, tarbiyaning jazolovchi metodlarini qoʻllashi foyda bermaydi, aksincha, zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oʻqituvchi oʻzining ziyrakligi va chuqur psixologik bilimi, yuksak pedagogik mahorati bilan, avvalo, oʻquvchilar guruhi jamoasidagi liderni aniqlashi, kerak boʻlsa, unga yon bosib, oʻz tomoniga ogʻdirib olishi lozim. Pedagogik mahoratning ishontirish va ta’sir etish usullari asosida norasmiy lider ongiga sezdirmasdan kirib borib, oʻz ta’sirini oʻtkaza olgan oʻqituvchi guruh jamoasida bir xil tarbiyaviy muvozanatni saqlay oladi. Shundan keyin tarbiyaviy texnologiyaning ma’qul boʻlgan unsurlarini modellashtirib qoʻllashi va choʻchimasdan tarbiyaviy faoliyat olib borib, belgilangan maqsadga erishishi mumkin. Oʻquvchilar jamoasida norasmiy yetakchilar bilan birga rasmiy, oʻqituvchilar tomonidan tayinlangan yoʻlboshchilar ham mavjud. Odatda, rasmiy yoʻlboshchilar tarkibini a’lo baholarga oʻqiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi oʻquvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni narnoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga koʻra tengdoshlarini oʻz ortlaridan ergashtiradilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa oʻquvchilarga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Shu bois sinf rahbari bilan birga oʻquv muassasasi pedagogik jamoasi norasmiy liderlarni aniqlab, ular faoliyatini bevosita nazorat qilib borishlari zarur.
Oʻquvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda guruh rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli guruh rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarmi bilishi, xulq atvoridagi har bir oʻzgarishni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Guruh rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida toʻlaqonli ma’lumotlarga ega boʻlishi, ota-onalari bilan muntazam aloqada boʻlishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi. Oʻqituvchi tarbiyaviy faoliyatning barcha unsurlari oʻzaro aloqadorligini va oʻzaro bogʻliqligini nazariy va amaliy jihatdan tushunishi tarbiyaviy jarayonni toʻgʻri yoʻnaltirishga imkoniyat beradi. Bunda pedagogikada tarbiyaviy oʻzaro ta’sir koʻrsatisnning shakllari, metodlari, usullari va vositalarini ochib beradigan hamda tarbiyaviy texnologiyalarning “pedagogik vositalarini shakllantiruvchi faoliyati va natijalariga, tarkibiy qismlariga” alohida e’tibor qaratiladi. Oʻqituvchi, avvalo, tarbiyadan kelib chiqadigan maqsadga toʻgʻri baho bera olishi kerak.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq oʻzlashtira olishlarida ko‘rinadi. Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. Oʻquvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda oʻquvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda toʻgʻridan toʻgʻri, bevosita va nisbiy munosabati aks etadi. Ta’lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida o‘zaro muloqot yuzaga keladi. «Muloqot» tushunchasi «ta’lim» tushunchasiga qaraganda keng ma’noga ega. Ta’lim oʻquvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining «yaxlitligi» «tizimliligi» va «majmuaviyligi»ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bogʻliq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bogʻlangan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) oʻrtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bogʻliq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon boʻladi (4-chizma)
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon boʻluvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi. Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon boʻluvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.