X U L O S A Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun yengil
atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar o‘qish jarayonida
asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy tekshirishlar
bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, sport sohasida ham yil
sayin
ko‘paymoqda.
Faqat
respublikamizda
mustaqillik
davrida
dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 dan ortiq yozilgan. Ularda
yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga nisbatan jismoniy rivojlanish
darajasi, harakatlanish qobiliyati va boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan.
Bajarilgan tekshirishlar natijalari, chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z
aksini topmoqda. Bizning mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy
tekshirishlar natijalari ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman),
simpoziumlarda keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar
uslubidan biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika
bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha).
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda yig‘ib olishlari
kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin hozirgi davr nashrlari. U bu
material qanday usul bilan olinganligi, natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta
savolni har xil nuqtai nazardan qarab chiqishni, mashhur murabbiylar
tajribasini yoki mashhur sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va
analiz qilishga e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli
materiallarni analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar
natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va boshqalarni
analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini analiz qilishni to‘g‘ri
bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim.