YENGIL ATLETIKA MASHMASHG’ULOTLARIDA
QO’LLANILADIGAN METODLARNI O’RGANISH.
REJA:
1.
Yengil atletika mashg‘ulotlari shakllari.
2.
Mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifasi.
3.
Musobaqalashish faoliyati.
KIRISH
Bugungi kunga kelib jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas
qismiga aylanib bormoqda. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini to‘zish to`g`risida”gi
Farmonida: “Bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl
va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdirish,
sport sohasida iqtidorli bolalarni tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini
ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko`maklashish”
lozimligi alohida ta`kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy
tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmoni, 2017-yil 9-martdagi
“O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib
o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik
ko‘rish to‘g‘risida” PQ-2821-sonli va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-
sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport
federatsiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning
negizida “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi” tashkil etildi.
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o`rinni egallaydi.
Sport o`yinlari umumta`lim, kasbhunar va oliy ta`lim muassasalarida fan
dasturlariga kiritilgan. Bu borada bolalarni BO‘SM va maxsus ixtisoslashtirilgan
sport maktab internatlarda katta ishlar olib borilmoqda. Buning natijasini joriy
etilgan uch bosqichli tizim «Universiada» sport musobaqalarida yaqqol ko`rish
mumkin. Shu sababli «Sport harakatli o`yinlar», «Sport turlaridan hakamlik»,
«Sport mahoratini oshirish» fanlari bo`yicha pedagogik faoliyatda zarur bo`lgan
bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
1.Yengil atletika mashg‘ulotlari shakllari
Yengil atletika darsining mazmuni umum ta’lim maktabida yengil atletika
bilan shug‘ullantirish dars formasida bo‘ladi. O‘rgatish etaplari quyidagilardan
iborat:
1.Kirish.
2.O‘qitish.
3.Takrorlash.
4. Takomillashtirish.
5.O‘tilgan materiallarni mustahkamlash.
Darsni o‘zlashtirish, bilish, malaka hosil qilish, jismoniy tayyorgarlik
texnik tayyorgarlik va oxirgisi aralash darslar. Darslarni tiplariga qaramay
quyidagi qismlarga bo‘linadi 1. Kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov darsi
(asosan dastlabki qismi biriktirilib o‘tiladi).
Kirish qismiga qo‘yiladigan vazifalar: Saflanish, raport, asosiy vazifani
ma’lum qilish. O‘quvchilarni darsga tashkillash.
Tayyorlov qismi: o‘quvchilarni asosiy vazifani bajarish holatiga olib
kelishdir. Bunda asta sekin yugurish va umuman rivojlantirish mashq berish
asosiy qismda yangi bilim o‘rgatiladi. Bunda yengil atletika turlari o‘rgatiladi,
malaka hosil qilinadi va takomillashtiriladi.
Yakunlov qismida dars yuklamasi pasaytiriladi, o‘tilgan darsga yakun
yasaladi va uyga vazifa beriladi.
45 minutlik dars quyidagicha taqsimlanadi. Kirish qismi 3 minut,
tayyorlov qismi 12 minut, asosiy qismi 25-27 minut, yakunlov qismiga 3 minut
vaqt sarflanadi. Darsning asosiy hujjat konspekt hisoblanadi. Bunda
o‘tiladigan dars davomiyligi ifodalangan bo‘ladi.
Yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘rgatish, yugurish, sakrash va
uloqtirishlarni o‘zlashtirish va ularni takomilliga yetkazishga qaratilgan.
5- sinfdan boshlab darslarga yosh yengil atletkachilar uchun zarur bo‘lgan
fazilatlardan tezkorlikni, kuch va chidamkorlikni rivojlantirish yordam
beruvchi mashqlar kiritiladi.
O‘quvchilar
programmasiga
muvofiq
chuqurroq
o‘rganish
mashg‘ulotlarida qisqa masofalarga yugurish, o‘rta masofalarga yugurish,
g‘ovlar osha va estafetali yugurish, «hatlab o‘tish» va «peryokidnoy»
usullarida balanddikka sakrash, «oyoqlarni yig‘ib» va «qaychi» usullarida
uzunlikka sakrash texnikalarini o‘rganadilar. Granata va nayza hamda yadro
otish texnikalarini o‘zlashtirib boradilar.
2. Mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifasi
Faqat shundan keyingina shuning maqsadii shakllanadi va uning asosida
o‘quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari
holati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o‘quv dasturida nazarda tutilgan
nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, jismoniy mashqlarni o‘rganish va
jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo‘yicha bir qator aniq vazifalarni qo‘yish bilan
erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi
sifatida ta’lim va tarbiyaning aniq vazifalarini qo‘yishni hisoblash mumkin.
Qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga
pedagogik ta’sir ko‘rsatish tizimini aniqlaydi. U vositalar, uslublar va ish
sharoitlarini uz ichiga oladi. Bu operastiya, xuddi oldingidek, o‘quvchilarning
faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqtda jismoniy
tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishga halaqit beruvchi yuz berishi mumkin
bo‘lgan noqulay omillarni hisobga olish lozim.
Pedagogik jarayonning to‘g‘ri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab
olingan ekspress-testlar yordamida bosqichma-bosqich nazorat o‘tkazish quyi
tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan
talabga javob bersa, bu vaqtda barcha operastiyalarning to‘g‘ri
rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo‘ladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga
oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maqsadlardan jiddiy farq
qilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi.
Bu xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda
rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki
olinmaganligini tekshirib ko‘rish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir
tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogik
vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning
bajarilmasligiga sabab bulganligiga o‘qituvchi qat’iy ishonsa, zarur choralar
ko‘riladi va boshqa zvenolar tekshirilmaydi. Odatda o‘qituvchi faoliyatining
birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operastiyalarida yo‘l
qo‘yilgan ko‘zga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan holda ishning
natijasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh o‘qituvchilar o‘zining
barcha faoliyatini doimiy tahlil qilishlari. O”zlari uchun talabchan qozi
bo‘lishlari kerak. Bu kelajakda muvaffakiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish
natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi stikl (darslar seriyasi, o‘quv choragi,
o‘quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.
Mashgulotlarining tuzulishi
Mashg‘ulotning tuzilishi, shakllari va mazmuni. Hamma yengil
atletikachilar uchun mashg‘ulot protsessining asosiy tashkiliy shakli gruppa
bo‘lib, individual 2 soat yoki undan ko‘proq davom etadigan trenirovka
mashg‘uloti o‘tkazishdir. Ozroq davom etadigan mashg‘ulotlar bo‘lishi ham
mumkin. Asosiy mashg‘ulotlarni har kuni ko‘p kuch ketmaydigan ertalabki
trenirovka mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi uy vazifalarini esa kunning boshqa
vaqtida bajarish mumkin. Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi
asosiy qoidalarga rioya qilish kerak. Mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin
asosiy ish o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishni bu tarzda
o‘zgartira borishi, mashg‘ulot qaysi tarzda o‘tkazilishdan qat’iy nazar, har
qanday trenirovka mashg‘uloti uchun shartdir.
Trenirovka mashg‘ulotlari qabul qilingan umumiy struktura bo‘yicha
tuzilib 4 qismdan yoki 3 qismdan iborat. Mashg‘ulotning maqsadi va
mazmuniga, trenirovka davriga va asosan yengil atletikachilarning
tayyorgarlik darajalariga qarab 1 yoki 2 variant qo‘llaniladi.
O‘quv-trenirovka darsi ayrim qismlarning vazifasi va mazmuni.
Mashg‘ulotning kirish qismi. Kirish qismining vazifasi o‘quvchilarni u
yushtirishdan, ya’ni gruppani saflash, raport qabul qilish, davomatni
tekshirish, dars vazifasi va mazmunini tushuntirish gruppani mashq bajarish
uchun qayta saflashdan iborat. Kirish qismi 3-10 minut davom etadi.
Mashg‘ulotning tayyorlov qismi:
Tayyorlov qismining vazifasi shug‘ullanuvchilarda umuman badanni
qizdirib olish va ularni bo‘ladigan kuch kelishga tayyorlash-razminka, muskul
kuchini va egiluvchanligini rivojlantirshp, harakatni boshqara olish
qobiliyatini yaxshilash va yengil atletika turlari, texnika elementlari bilan
tanishtirish.
Darsning tayyorlov qismiga mashg‘ulotning tayyorlov davrida ko‘proq va
musobaqa davrida ozroq vaqt ajratiladi. Razminka sportchi organizmini
bo‘ladigan trenirovka ishiga tayyorlaydi. U kuch kelish asta-sekin oshib
boradigan qilib maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidan iboratdir.
Agar razminka noto‘g‘ri tanlansa, uning foydali ham bo‘libgina qolmasdan,
balki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Trenirovka mashg‘ulotlarida
o‘tkaziladigan razminkada kuch kelish juda ham oz bo‘lmasligi shart.
Razminka quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi qismning vazifasi
vegetativ funksiyalarni qizdirish hisobiga organizmning umumiy ish
qobiliyatini oshirishdir. Ikkichi qismda sportchi o‘zida bo‘lajak ishga moyillik
hosil qilib olish kerak. Razminkadan badan qismi qizdirilib atletning butun
organizmi qatnashadigan, ancha davom etadigan, o‘rtacha kuch oladigan
jismoniy mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda bu goho-goho
yengilgina tezlanish qo‘shadigan oxista suratda yugurishdan iborat bo‘ladi.
Ter chiqa boshlashi oldidan badan zarur darajada qizigan bo‘ladi, degan
fikr bor. Qizdiruvchi mashqlarning qancha davom etishi ko‘p jihatdan
atletikaning tayyorlik darajasiga, ayniqsa uning umumiy chidamlilik
darajasiga bog‘liqdir. Qizdirish qancha davom etishi havoning haroratiga ham
bog‘liqdir. Issiq paytlarda razminka uchun yugurishi, razminkaning butun bir
qismi singari kamaytirish kerak. Razminka hammasi bo‘lib 30-40 daqiqa
davom etadi.
Mashg‘ulotning asosiy qismi.
Ketma-ketlik quyidagicha bulgani ma’qulroq texnikani o‘rganish va uni
takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlarga, 2) tezkorlikni yoki
chaqqonlikni rivojlantiradigan mashqlar, 3) kuchni rivojlantiradigan mashqlar,
4) chidamlilikni rivojlantiradigan mashqlar.
Texnikani o‘rganish va takomillashtirishga mo‘ljallangan mashqlar
razminka ketidan, yengil atletikachi hali charchamagani holda bajariladi,
Ko‘proq tezkorlikni oshirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar, yugurish,
sakrash va uloqtirish odatda qisqa vaqtli, lekin juda jadal bo‘lib, atletdan bor
kuchini ishga solishni so‘raydi. Texnikani o‘rganish va tezkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan keyin har bir og‘irliklar bilan
og‘irliksiz gimnastika asboblarda va shu kabi kuchni rivojlantiradigan maxsus
mashqlar kiritiladi.
Mashgulotlarining vazifalari
Maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisining vazifalari juda ham ko‘p,
shuning uchun maktabdagi yengil atletikaning o‘rnini ko‘tarishda asosan
maktab faoli yordamida foydalaniladi. Maktabda ko‘rgazmali foto – gazeta
plakat, e’lonlar, radiogazeta va boshqa axborotlar yaxshi qo‘yilgan bo‘lishi
kerak. " Jismoniy tarbiya burchagi" sport zali yonida joylashgan bo‘lishi kerak.
Har qaysi yangi axborotlar o‘z vaqtida yetkazilishi lozim.
O‘quvchining familiyasi va ismi to‘g‘ri yozilishi shart, agar e’londa
adashilgan bo‘lsa shu o‘quvchi xafa bo‘lishi mumkin.
Musobaqa protokollari shu onda doskaga osilishi lozim, ma’lumotlar aniq
va chiroyli yoziladi.
Stendlar "Musobaqa natijalari". "Chempionlar", "Eng yaxshi sinflar"
protokollar va komanda g‘oliblari eritilish kerak. Eng yaxshi 10 sportchi deb
alohida bo‘limda yoritilishi mumkin. "Maktab rekordchilari" stendida albatta
asosiy maktabda qo‘yilagan va ommaviy musobaqalarda o‘tkaziladigan turlar
olinishi shart.
Maktabda maxsus stendda chempionlarni su’rutlari sport yutuqlari aks
etadigan suratlar bo‘lishi diqqatga sazovor.
Stend bir qismida musobaqa kalendari 1 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi
kerak, unda qachon va qanday shartlar berilgan bo‘lishi kerakligi yozilishi
zarur.
Stendda yengil atletika musobaqa qoidalari berilib turilishi kerak.
Mustaqil tayorgarlik materiallari yoritilishi kerak. "Nima qilsam kuchli
bo‘laman", "Yozgi ta’tilda nima bilan shugillanish kerak". Stendda "Maktab
spartakiadasining natijalari" yoritilib borishi kerak.
Har qaysi qatoriga uni egallagan o‘rni, bali, o‘tkazilgan musobaqadan
so‘ng darrov yozilishi zarur!
Yana bir stend "Maktab jismoniy tarbiya dasturining talablari" deb unda
dastur talabi, mashqlar tarkibi eritiladi.
Maktab radiouzeli orqali doimiy davlat miqyosidagi chempionlarni,
rekordchilarni tarixini, biografiyasini berib borilsa qiziqarli bo‘ladi.
Yuqori sport mahoratiga ega bo‘lgan sportchilar bilan uchrashuvlar
tashkil qilinsa, sport qirolicha maktabda egallagan o‘rni yuqoriroq bo‘ladi.
Qiziquvchi o‘quvchilar ko‘payadi.
Mashg‘ulotlarning normativ va talab meyorlari
Bolalar tayyorlov tibbiy guruhiga o‘tkazilganda, ular asosiy guruh bilan
hamkorlikda o‘quv dasturi bo‘yicha normativlar topshirib, jismoniy tarbiya
bilan shug‘ullanadilar. Biroq tayyorlov tibbiy guruhidagi o‘quvchilar
yuklamalarning ayrim chegaralanishlariga va harakat ko‘nikmalar majmuini
bir muncha sekinroq o‘zlashtirishga hamda organizmga, ayniqsa qo‘shimcha
talablar qo‘yilishi bilan bog‘liq jismoniy fazilatlarni tarbiyalashga muhtoj
bo‘ladilar. Yuklamalar, chidamli bo‘lishga chorlovchi mashqlarni asta-sekin
ko‘paytirib borish orqali aniq ifodalangan mashq samarasiga erishiladi.
Chiniqish ortib borgani sayin o‘quvchilarning sog‘ligi mustahkamlanib, bunda
ular organizmining himoya kuchlari faollashadi.
Yuklamalarning kun, hafta va yil davomidagi tarkibi va me’yorlari
Kun mobaynida yukamalarning 3 varianti farqlanadi.
Birinchi variant. Rivojlantiradigan yoki quvvatlab turadigan yuklamalari
bo‘lgan ish kuni. Tayyorlov, rag‘batlantiruvchi yuklamalar, ertalabki
badantarbiya va darslardan oldingi mashg‘ulotlarda (jami 15-20 daqiqa)
bajariladi; tiklovchi yuklamalar jismoniy tarbiya daqiqalari shaklida va
mustaqil mashg‘ulotlarda (15-30 daqiqa), maktabdan so‘ng sayr, havoda
o‘ynash (1-3 soat), serharakat tanaffus (30-60 daqiqa), uxlashdan oldingi sayr
qilish (20-30 daqiqa).
Rivojlantiradigan yoki quvvatlaydigan yuklamalar jismoniy tarbiya
darslari, mustaqil mashqlar, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari shaklida
bajariladi (bitta mashg‘ulot davomiyligi 45-90 daqiqa).
Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar (tayyorlov rag‘batlantiruvchi,
tiklovchi va rivojlantiruvchi yuklamalar)dan tashqari, jismoniy yuklamalar
o‘quv va maishiy faoliyat jarayonida ham bajariladi, hamda ularga tomorqada
ishlash, tomoshalar, faol dam olish kabilar kiradi.
Ikkinchi variant. Rivojlantiruvchi yuklamalarsiz ish kuni. Tayyorlov va
tiklaydigan yuklamalar bunda birinchi variantdagi kabi bajariladi.
Uchinchi variant. Dam olish kuni. Tayyorlov rag‘batlantiruvchi
yuklamalar faqat ertalabki badantarbiya shaklida, tiklovchi yuklamalar shahar
tashqarisidagi faol dam olish ko‘rinishida, rivojlantiruvchi va quvvatlovchi
yuklamalar mustaqil mashqlar, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari, sport
musobaqalari shaklida bajariladi.
Bir kun mobaynida rivojlantiruvchi yuklamalar bo‘ladigan 2 shakldagi
mashg‘ulotlarda qatnashish tavsiya etilmaydi. Masalan, jismoniy tarbiya
darsiga sport seksiyasidagi mashqni qo‘shish mumkin emas. Mashq ta’sirini
tiklash va o‘zlashtirish uchun yuklamalar o‘rtasidagi oraliq yetarlicha uzun
bo‘lmaydi.
Rivojlantiruvchi va quvvatlovchi yuklamalarga umumiy vaqt sarfi 4-6
soat, tiklovchi (dam olish kuni shahardan chetga chiqmay), tayyorlov
rag‘batlantiruvchi va faollashtiruvchi yuklamalarga 12 soat vaqt ketadi.
Bir yo‘nalishdagi rivojlantiradigan yoki quvvatlovchi yuklamalar
haftasiga kamida ikki marta takrorlanishi kerak. STE me’yorida bo‘lgan
haftasiga 3-4 marta takrorlanadigan yo‘naltirilgan yuklamada samaraga
erishiladi. 2, 3, 4 martalik yuklamada oraliq taxminan bir xil bo‘lishi kerak.
Masalan, 3 martalik takrorlashda yuklama dushanba, chorshanba, juma yoki
seshanba, payshanba, shanba kunlarida bajarilishi lozim. Bu tiklanish
davrlarining bir tekis bo‘lishi uchun kerak. Mazkur yuklamaga bioritmlar
reaksiyasi ishlanishiga imkon beradi. Bioritmik reaksiya uchun doimo
yuklamalarni kunning muayyan vaqtida bajarish zarur. Bunda vaqtga nisbatan
refleks paydo bo‘lib, yuklama bilan aloqador bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar
reflektori faollashadi. Organizm yuklamaga tayyorgarlik ko‘radi va mashq
samarasi ko‘tariladi hamda yuklamaning bevosita ta’sirida reflektor faollik
bilan jamlanadi.
Yillik sikl, asosan haftalik bloklardan tashkil topadi, yil fasli va ob-havo
o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
vositalari o‘zgaradi, biroq yuklamalar barqarorligicha qoladi.
Kasallik yoki boshqa sabablar bilan bog‘liq jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlaridagi tanaffuslarda rivojlantiradigan yuklamalar hajmini
kamaytirish lozim. Ularni asta-sekin shifokor nazorati ostida amalga oshirish
kerak.
Talab va miyorlar
Shaxsiy o‘rinni aniqlash uchun o‘tkaziladigan qayta musobaqa
musobaqalarning davomi hisoblanib, uning o‘tkazilishi bayonnomasida aks
etishi, ko‘rsatilgan natijalar esa rekordlar sifatida tasdiqlanishi, shuningdek,
toifa me’yorlarini bajarish uchun hisobga o‘tishi lozim.
Qo‘l sekundomerlaridan foydalaniladigan musobaqalarda barcha
masofalarda vaqt 0,1 sekund aniqlik bilan o‘lchanadi. Yugurish yoki yurish
bo‘yicha masofani tugatgan har bir ishtirokchining vaqti alohida sekundomer
bilan o‘lchanadi, birinchi bo‘lib kelgan ishtirokchi ko‘rsatgan vaqt uchta vaqt
o‘lchovi tomonidan hisobga olinadi. Ularning sekundomerlari turlicha bo‘lsa,
bir xil vaqtni ko‘rsatgan ikkita sekundomer bergan ma’lumot qabul qilinadi
yoki uchala sekundomerning ko‘rsatmalari turlicha bo‘lgan hollarda
“o‘rtacha” vaqt hisobga olinadi. Agar vaqtni faqat ikkita sekundomer
o‘lchagan bo‘lsa (uchunchisi to‘xtab qolgan), pastroq ko‘rsatma qabul qilinadi.
Agar sekundomer mili ikkita bo‘linma orasida to‘xtagan bo‘lsa, yuqoriroq
ko‘rsatma olinadi. Agar sekundomerning yuzdan bir bo‘lagini ham
hisoblaydigan qurilma yoki raqamli indeksastiyasi bo‘lgan elektron qo‘l
sekundomeri qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda sekundomer ko‘rsatmalari vaqtni
kattalashtirib, ya’ni o‘lchami jihatidan kattaroq bo‘lgan sekundning keyingi
undan bir bo‘lagigacha yaxlitlanadi.
Ikkinchi va uchunchi darajali musobaqalarda o‘rta va uzoq masofalarga
yugurirish hamda yurish musobaqalarida sekundomerni faqat g‘olib uchun
to‘xtatib vaqt o‘lchashga ruxsat beriladi, qolgan ishtirokchilarning vaqtini yo‘l
– yo‘lakay sekundomerni to‘xtatmay o‘lchash mumkin. Ommaviy krosslar va
poygalarda masofaning uzunligi hamda ishtirokchilarning soniga qarab ularni
vaqtiga ko‘ra kattaroq oraliqlarda, masalan: sport toifalari (razryadlari)
chegaralarida qabul qilib olishga ruxsat etiladi.
1000 m undan qisqa masofalarga avtomatlashtirilgan elektron o‘lchash
aparatlaridan foydalanilganda natija 0,01 sekund aniqlik bilan o‘lchanib
hisobgaolinadi. 1000 m dan ortiq masofalarda 0,01 sekund aniqlik bilan
o‘lchangan vaqt 0,1 sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan 20000 m uchun
59,26,32 natija 59,26,4 ko‘rinishida yaxlitlanib yozilishi kerak.
To‘la yoki qisman stadiondan tashqarida o‘tkazilayotgan 5000 m va
undan ortiq masofalarda vaqt keyingi butun sekundgacha yaxlitlanadi.
Masalan: marafon yugurishida 2:09, 44,32 natija 2:09, 45 ko‘rinishida
yaxlitlanib yozilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |