Elektr yoyi. Katta kuchlanishli zanjirlar uzilganda kontaktlar orasida tok mavjud bo’lgan xollarda elektr yoyi hosil bo’ladi. Elektr yoyi yuqori haroratga va o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ionlashgan gazlardan tashkil topgan bo’ladi. Kontaktlar ajralish vaqtida ular orasida potentsiallarning katta farqi hosil bo’ladi va katta kuchlanganlikka ega bo’lgan elektr maydoni hosil bo’ladi (N UL). Bu maydon kontaktlararo bo’shliqdagi erkin elektronlarga ta’sir qilib, ularga kinetik energiya berib, katoddan anodga qarab harakatlanishiga majbur qiladi. Yoyning hosil bo’lishi va turg’un yonishi
48-rasm. O’zgarmas tokning turg’un yoyidagi kuchlanish U (a) va kuchlanganlik Ye (b)-ning taqsimlanishi. Uk-katod zonasi;
Zarbaviy ionlanishda katoddan anodga harakat-lanayotgan erkin elektronlar yetarli kinetik energiyaga ega bo’lsa gazning neytral molekulalari bilan to’qnashib, ularning elektronini ajratib yuboradi. Natijada musbat ion hosil bo’ladi va ular ham zarbaviy ionlanishida ishtirok etadi.
Avtoelektron emissiya kontaktlar ajralishining dastlabki vaqtida yuz beradi.
Kontaktlar orasidagi masofa hali kichik bo’lgan paytda elektr maydonining kuchlanganligi yuqori bo’ladi va katod yuzasidan erkin elektronlarning uchib chiqishiga sabab bo’ladi.
Bu faktorlar sababli elektr yoyi hosil bo’ladi. Yoy yuqori haroratga ega bo’lganligi tufayli termik yoki issiqlik ionlashishi sodir bo’ladi. Haroratning ko’tarilishi natijasida zaryadlangan zarrachalarning issiqlik harakati ko’payadi va yetarli haroratda neytral molekulalar zaryadlangan zarrachalarga bo’linib ketadi.
Termoelektron emissiya hodisasida haroratning ortishi bilan katod materialidagi elektronlarning issiqlik harakati ortib boradi va yetarli energiyaga ega bo’lgan paytda, ular kontaktlar oralig’iga uchib chiqadi.
O’zgaruvchan tokda kuchlanish va tok sinusoida qonuni bo’yicha o’zgaradi, tok kuchlanishdan taxminan 90o-ga kech qoladi. Yoydagi kuchlanish doimiy emas.
Toklar kichikligida kuchlanish yoyni yondirish kattaligigacha ko’tariladi, keyin yoydagi tok ko’payishi va termoionlanish o’sishi sari kuchlanish pasayadi. Yarim davr oxirida, tok nolga yaqinlashganda, yoy o’chish kuchlanishida o’chadi. Keyingi yarim davrda xodisa qaytariladi, agar oraliqni aksionlashtirish uchun choralar ko’rilmagan bo’lsa.
Yoy so’ndirilganda uzgichni kontaktlari orasidagi kuchlanish ta’minlovchi tarmoq kuchlanishigacha tiklanishi kerak. Ammo, zanjirda induktiv, aktiv va sig’imiy qarshiliklar mavjudligi tufayli o’tkinchi jaraen hosil bo’ladi, kuchlanishni tebranishlari paydo bo’ladi, ularni amplitudasi normal kuchlanishdan ancha katta bo’lishi mumkin. O’chiruvchi apparatura uchun ko’rilayatgan qismda kuchlanish qanday tezlik bilan tiklanayatganligi muhim.
Yoyning yonish jarayonida ionlanish hodisasi bilan birga aksionlashish yoki rekombinatsiya, ya’ni zaryadlangan zarrachalarning birlashish hodisasi ham ro’y beradi. Yoy hosil bo’lgan dastlabki paytda ionlashish ko’proq bo’ladi, so’nishga yaqin paytda aksionlashish xodisasi ko’proq bo’ladi.
O’zgaruvchan tok zanjirlarida yoyni so’ndirish. O’chirish apparatlarida kontaktlarni ajratibgina qolmay, ular orasida paydo bo’lgan yoyni o’chirish kerak. O’zgaruvchan tok zanjirlarida yoy toki har yarim davrda noldan o’tadi, bu onlarda yoy o’zi o’chadi, ammo keyingi yarim davrda yana yonishi mumkin. Yoydagi tok noldan o’tishdan oldinroq nolga yaqin bo’lib qoladi, chunki tok kamayganda energiya ham kamayadi, demak, yoy temperaturasi pasayadi va termoionlanish to’xtaydi.
Toksiz pauza bir necha yuz mikrosekunddan oshmaydi, ammo yoyni o’chirishda muhim rolga ega. Agar pauza vaqtida kotaktlar ajratilib, yetarli tezlik bilan elektr teshilish bo’lmaydigan masofaga siljitilsa, zanjir juda tez o’chiriladi.
Toksiz pauza vaqtida ionlanishni intensivligi keskin pasayadi, chunki termoionlanish to’xtaydi. Kommutatsiya apparatlarida. undan tashqari, yoy xududini sovutish va zaryadlangan zarralar sonini kamaytirishga qaratilgan sun’iy choralar ko’riladi.
Tok noldan o’tgandan keyin kontaktlar oralig’ini elektr mustahkamligini oshishi, asosan, katodoldi xududni mustahkamligini oshishi hisobiga bo’ladi (o’zgaruvchan tok zanjirlarida 150250 V). Bu bilan bir vaqtda tiklanayatgan kuchlanish ut o’sadi. Agar har qanday onda utesh. utik.-ligida oraliq teshilmasa, yoy tok noldan o’tgandan keyin yangidan yonmaydi. Agar qaysidir onda u,,tesh. utik. bo’lsa, oraliqda yoy qaytadan yonadi.
SHunday qilib, yoyni so’ndirish masalasi kontaktlar oralig’ini elektr mustahkamligi utesh.ular orasidagi kuchlanish utik.-dan katta bo’lishini ta’minlashdan iborat.
Kontaktlar orasidagi kuchlanishni tiklanish jaraeni aperiodik (aktiv qarshilikli zanjir bo’lsa), tebranishli (induktivlik va sig’im bo’lsa), bo’lishi mumkin. Kuchlanishni tiklanish tezligi dutik.dt qancha katta bo’lsa, oraliq teshilishi va yoyni qayta yonishini ehtimoli kattaroq.
Yoyni o’chirish sharoitlarini yengillashtirish uchun o’chirilayatgan tok zanjiriga aktiv qarshiliklar kiritiladi, bunda kuchlanishni tiklanish xarakteri aperiodik bo’ladi.