3 referat uzunlik o`lchov birligi etaloni Topshirdi: Orifov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Qosimov A



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#95606
növüReferat
1   2   3   4
uzunlik-o0lchov-birligi-etaloni

«G‘arib qolgan» metr tizimi. 
Napaleon zamoni va metr tizimiga qaytamiz. Demak, ma’rifat asri farang 
olimlari – Dalamber, Laplas, Lagranj, Monj va boshqalarining mashaqqatli 
mehnatlariing samarasi o‘laroq, o‘lchov birliklarining yagona 
standartlashtirilgan tizimi – metr tizimi paydo bo‘ldi. Uni kimsan Birinchi 
Konsulning o‘zi – Napaleon shaxsan tasdiqladi va amaliyotga joriy etdi. 
Lekin, hatto, Napaleonning nufuzi va metr tizimi haqidagi qonunning butun
boshli haybati ham, mazkur yangi tizimning aholi orasida qanchalik tez 
singishi va qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsata olmas edi. Faranglar o‘z 
an’analari va hayot tarziga anchayin sodiq xalq. Ayniqsa kundan-kun 
og‘irlashib borayotgan, urushlar va qimmatchilik zamonasidagi favqulodda
inqilobiy muhitda, o‘lchov birliklari va standartlar haqidagi 
muhokamalar o‘z-o‘zidan chetga chiqib qoladi. Oddiy farang fuqarosining 
hayoti 1791 yildan boshlab doimiy harbiy safarbarliklar, inqilobiy qayta 
tashkillashlar, narh-navodagi beqarorlik va ko‘cha-ko‘ydagi
boshboshdoqliklar ichida doimiy qiyinlashib borar edi. Oddiy fuqaro u 
yoqda tursin, metr tizimini rasman tasdiqlagan Birinchi Konsulning o‘zi ham 
yangi metr tizimibirliklariga nisbatan anchayin sovuqqon munosabatda 
bo‘lib, kundalik ishlarida, o‘zi ko‘nikib qolgan eski fransuz birliklaridan 
foydalanishni kanda qilmas edi. Xususan u, savdo sotiqlarda eski birliklarga
asoslangan qadoqtoshlarga, yangicha kilogrammdagi muqobil qiymatni ham 
yozib qo‘yish lozimligi haqidagi qisqa va ahamiyatsiz ko‘rsatmalar bilan 
cheklandi. O‘zi esa, esdaliklarida, xat va xabarlarida, kvintal (o‘girlik
o‘lchov birligi), tuaz, arpan (yer maydoni o‘lchov birligi) kabilardan 
foydalanar edi. Mars va Yupiter oralig‘idagi kichik sayyora – Sereraning 
kashf etilishi bilan boshlanganyangi yuz yillik ham, farang xalqi uchun 
osoyishtalik zamoni olib kelmadi. Napaleon harbiy yurishlarni birin ketin
boshlab yubordi. Bu orada, metr tizimining hech bo‘lmasa 
Farangistonning o‘zida haqiqatan ham umume’tirof etilgan tizim sifatida 
oyoqqa turishi tobora qiyinlashib borayotgan edi. Smolensk ostonasidagi
sharmandali quvilish va Vaterlooostonasidagi sharmandali 
mag‘lubiyatlardan so‘ng, Metr tizimining rahnamosi Napaleon Bonapart,
o‘zining so‘nggi manzili – Avliyo Yelena oroliga surgun qilindi. Aynan 
shu vaqta
(1815 yili) metr tizimining haqiqiy «otalari» bo‘lmish fidoyi akademik
va olimlarning aksariyati ham birin-ketin katta sahnadan keta
boshlashdi. Xususan, 1813 yilda, tizim asoschilaridan biri J.Lagranj vafot 


etdi. Shu yilning o‘zida, endilikda Napaleonni ham sotgan Taleyran qayta
tiklangan qirol hukumati oldida o‘zini oqlash va yangi siyosiy hiylalar 
uyishtirhsh bilan band edi. Boshqalarda esa, shunchaki hafsalaning o‘zi ham 
qolmagandi. Shu tarzda, 1815 yillarga kelib, katta maqsadlarni ko‘zlab 
joriy etilgan metr tizimi ancha g‘arib ko‘rinishga kelib qoldi. Uni jiddiy 
sinovlar kutib turar edi. Burbonlarning Fransiyaga qaytishidan so‘ng, 
inqilobiy zamonda ishlab chiqilgan va joriy etilgan metr tizimiga,
shunchaki inqilobning sag‘ir farzandi kabi, inqilobning o‘zi singari 
muvaqqat narsa sifatida yondoshuv asosiy o‘rin tuta boshladi. Uni xalqaro
miqyosda joriy etishga bo‘lgan dastlabki urinishdan (1798 yilgi xalqaro 
anjuman) so‘ng, keyingi siyosiy boshboshdoqliklar sharoitida, boshqa
bunday nufuzli konferensiyaning chaqirishning iloji bo‘lmadi. Qolaversa, 
boshqa mamlakatlarning o‘zida ham, milliy o‘lchovlarning ma’lum
etalonlarga biriktirilishi ishlari boshlab yuborilgan edi. Qolaversa, yuz 
yilliklardan beri o‘zlarining maxsus o‘lchov birliklaridan foydalanib 
kelayotgan ko‘plab konservativ harakterdagi kasb egalari – dengizchilar, 
zargarlar, dorishunoslar kabilar, o‘zlari uchun mutlaqo qulay bo‘lgan, o‘z 
kasbiy o‘lchov birliklaridan foydalanishni afzal bilib, metrik tizimni qabul 
qilishdan bosh tortgandilar (oldinga o‘tib shuni aytish o‘rinliki, dengizchi va 
zargarlar xatto bugungi XXI asrda ham o‘z kasbiy birliklari – dengiz mili
va karat kabilardan foydalanishni afzal bilmoqdalar). Boshqa tarafdan esa,
o‘sha zamon kishilari uchun, metr tizimi ham, boshqa o‘lchov birliklari 
tizimlaridan hech qanday farqqa ega emas edi. Metr tizimi ham, boshqa
tizimlar singari, avvalo oddiy xalqning amaliy kundalik hayotida,
qolaversa, ilmiy tadqiqot va hokazolarda o‘zining afzalliklarini
isbotlashi, bir so‘z bilan aytganda, davr chig‘iriqlaridan iborat sinovlarni 
topshirishi kerak edi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin