Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni
hisobga oluvchi schotlarning (6700) bog‘lanishi
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schotlar korxona ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, nafaqalar, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar";
6720 "Deponentlangan mehnat haqi".
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining kredit tomonida, xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar; 4520 "Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari" schoti bilan bog‘langan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va hokazo summalar; 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schoti bilan bog‘langan holda, xodimlarning mehnat ta’tiliga haq to‘lash, korxonada ko‘p yil xizmat qilganligiga taqdirlash uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan rezervlar hisobidan hisoblangan haq va ta’mirlash rezervi hisobidan hisoblashlar summalari aks ettiriladi.
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining debet tomonida, hisoblangan summadan daromad solig‘ini ushlab qolish, ijro varaqalari bo‘yicha to‘lovlar va boshqa ushlab qolishlar, shuningdek mehnat haqini, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlarni, mukofotlarni, pensiyalarni, nafaqalarni va hokazolarni to‘lash va ulardan ushlanmalar aks ettiriladi.
Hisoblangan, biroq belgilangan muddatlarda to‘lanmagan mehnat haqi, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlar, mukofotlar, pensiyalar, nafaqalar va hokazo summalar 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schotining debetida, 6720 "Deponentlangan mehnat haqi" schotining kreditida aks ettiriladi.
Mazkur schotlar bo‘yicha tahliliy hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |