3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə103/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

II BOB. SCHOTLARNING BOG‘LANIShI
V qism. Moliyaviy natijalarning
shakllanishi va foydalanilishi


IX BO‘LIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini


hisobga oluvchi schotlarning (9000) bog‘lanishi
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini
hisobga oluvchi schotlarning (9100) bog‘lanishi
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini
hisobga oluvchi schotlarning (9200) bog‘lanishi
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini
hisobga oluvchi schotlarning (9300) bog‘lanishi
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlarning (9400) bog‘lanishi
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga
oluvchi schotlarning (9500) bog‘lanishi
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga
oluvchi schotlarning (9600) bog‘lanishi
Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga
oluvchi schotlarning (9700) bog‘lanishi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash
uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi
schotlarning (9800) bog‘lanishi
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi
schotlar (9910) bo‘yicha bog‘lanish

IX bo‘limning schotlari korxona faoliyatining hisobot davridagi daromadlari va xarajatlari, moliyaviy natijalarning shakllanishi va foydalanilishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosga (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda 475-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) muvofiq:
daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishi;
xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishi.
Shuni ta’kidlash joizki, daromadlar va xarajatlar ular kelib tushishi yoki vujudga kelishi davrida (pul mablag‘lari olinganligi yoki to‘langanligi asosida emas) buxgalteriya hisobida tan olinishi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi lozim.
Buxgalteriya hisobida daromadlar va xarajatlarni aks ettirishda, shuningdek hisobot davrida daromadlar va xarajatlar mutanosibligi tamoyiliga rioya qilish lozim.
Hisobot davrida daromadlar va xarajatlarning mutanosibligi - bu ushbu davrda faqat aynan shu hisobot davrida olingan daromadlar bilan bog‘liq xarajatlar aks ettirilganligini bildiradi. Agar daromadlar va xarajatlarning alohida turlari orasida bevosita bog‘lanishni aniqlash imkoniyati murakkab bo‘lgan taqdirda, xarajatlar qandaydir taqsimlash tizimiga muvofiq bir necha hisobot davri bo‘yicha taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yillarga taqsimlanadigan amortizatsiyalanadigan xarajatlarga taalluqlidir.
Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin