3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə104/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini
hisobga oluvchi schotlarning (9000) bog‘lanishi

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlar tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotuvga oid va baholardan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar";
9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar";
9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar";
9040 "Sotilgan tovarning qaytishi";
9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar".
9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar", 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schotlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dan daromadlar olinadigan schotlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, biroq oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summalari 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz va boshqa to‘lovlar summasi olinadigan schotlarning yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning debetida va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi. Shu tariqa daromadlarni hisobga oluvchi schotlar kreditida bilvosita soliqlarsiz sof daromad ko‘rsatiladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar", 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schotlari 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schoti bilan yopiladi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytishi" schoti sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bu schot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlar (9000) guruhiga kontrpassiv schot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. Mazkur schotning debetida qaytarilgan tovarlar va mahsulotlar qiymati, tegishlicha: pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan schotlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo‘yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; to‘lanadigan schotlar bilan - mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to‘lovlar va bo‘naklar bo‘yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli schotlarning debeti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar, olinadigan schotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMQlarni hisobga oluvchi tegishli schotlarning debetida hamda sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli schotlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" schoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu schot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schotlar (9000) guruhiga kontrpassiv schot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko‘rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. Mazkur schotning debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin