T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar hisob uchun qabul qilingan
|
012
|
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
2
|
Vaqtning tegishli muddati o‘tgandan keyin soliq solinadigan baza xarajatlar summasiga kamaytirilgan
|
|
012
|
Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi
|
013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
(turlari bo‘yicha)" schoti
013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)" schoti vaqtinchalik soliqqa tortishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi ko‘zda tutilmagan bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Budjetga to‘lovning har bir turi bo‘yicha hisoblangan bo‘shagan mablag‘lar summasi 013 "Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)" schotining debetida aks ettiriladi.
Mazkur schotda hisobga olingan budjetga majburiy to‘lovlar va soliqlar bo‘yicha hisoblangan summa "Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot" (2-son shakl)da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga ta’sir etmaydi.
Ushbu schotdan soliqqa tortishdan ozod etilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lar summasi imtiyoz berilgan davrning tugashi bilan hisobdan chiqariladi. Bunda bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin korxonada 5 yil davomida saqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |