T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning qarzi to‘g‘ri olib borish usuli bilan zararga hisobdan chiqarilgan
|
9430
|
4010-4890
|
Da’vo hujjatlari, Xo‘jalik sudining hujjatlari, rahbar buyrug‘i
|
2
|
To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning qarzi dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobidan zararga hisobdan chiqarilgan
|
4910
|
4010-4890
|
Da’vo hujjatlari, Xo‘jalik sudining hujjatlari, rahbar buyrug‘i
|
3
|
To‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning qarzi hisobga qabul qilingan
|
007
|
|
Yukxat
|
4
|
Zararga hisobdan chiqarilgan qarz summalarini qoplash hisobiga kelib tushgan summalar aks ettirilgan
|
5010, 5110,
5210
|
9390
|
Kirim kassa orderi, bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma
|
5
|
To‘lov kelib tushishi munosabati bilan qarz hisobdan chiqarilgan
|
|
007
|
Yukxat
|
6
|
Besh yil o‘tishi munosabati bilan qarz hisobdan chiqarilgan
|
|
007
|
Yukxat
|
008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni
ta’minlash - olingan" schoti
008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir olingan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Olingan ta’minot hisobga olingan
|
008
|
|
Kafolat shartnomasi
|
2
|
Olingan majburiyatning amal qilishi bekor qilingan
|
|
008
|
Kafolat shartnomasi
|
3
|
Kafolat, kafillik bilan ta’minlangan majburiyatning to‘lovi bo‘yicha summalar kelib tushgan
|
5010, 5110,
5210
|
9390
|
Kirim kassa orderi, bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma
|
4
|
Kafolat, kafillik bilan ta’minlangan majburiyat hisobdan chiqarilgan
|
|
008
|
Yukxat
|
5
|
Taqdim etilgan kafolat bo‘yicha to‘lovlar aks ettirilgan
|
9430
|
5110
|
Bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma
|
009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni
ta’minlash - berilgan" schoti
009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi.
009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schotida tashkilot tomonidan berilgan kafolatlar, kafillik (jumladan, veksel bo‘yicha aval orqali), o‘zga ta’minlashlar, shuningdek veksellar bo‘yicha foydalanish huquqini berish (indossament) hisobga olinadi. Majburiyatlarni ta’minlash korxona hisobida majburiyatlar bo‘yicha da’volar taqdim etish muddati tugagunga qadar hisobda bo‘ladi.
Tahliliy hisob har bir berilgan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Berilgan ta’minlash hisob uchun qabul qilingan
|
009
|
|
Ta’minlash shartnomasi
|
2
|
Berilgan ta’minlash hisobdan chiqarilgan
|
|
009
|
Ta’minlash shartnomasi
|
3
|
Berilgan ta’minlashlar bo‘yicha to‘lovlar aks ettirilgan
|
6960
|
5010, 5110
|
Kirim kassa orderi, bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma
|
4
|
Berilgan ta’minlashlar bo‘yicha majburiyatlarning qoplangan qiymati hisobdan chiqarilgan
|
|
009
|
Shartnoma, bildirgi
|
010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
berilgan asosiy vositalar" schoti
010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar" schoti, ijara shartnomasi shartlari bo‘yicha mol-mulk ijarachining balansida hisobga olinishi lozim bo‘lgan taqdirda, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur schotdan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki shartnomaning boshqa shartlariga ko‘ra qaytarib olingan, shuningdek shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan har bir asosiy vositalar bo‘yicha alohida, asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |