3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə63/128
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100663
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

VI BO‘LIM. JORIY MAJBURIYaTLAR

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan


schotlarni hisobga oluvchi schotlarning (6000) bog‘lanishi
Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlariga to‘lanadigan schotlarning (6100) bog‘lanishi
Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6200) bog‘lanishi
Olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlarning (6300) bog‘lanishi
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi
schotlarning (6400) bog‘lanishi (turlari bo‘yicha)
Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha
qarzni hisobga oluvchi schotlarning (6500) bog‘lanishi
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga
oluvchi schotlarning (6600) bog‘lanishi
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni
hisobga oluvchi schotlarning (6700) bog‘lanishi
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6800) bog‘lanishi
Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6900) bog‘lanishi
VI bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy, ya’ni qaytarilishi 12 oydan oshmagan majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlarni hisobga oluvchi schotlarning (6000) bog‘lanishi

Olingan tovar-moddiy qiymatliklar, qabul qilingan bajarilgan ishlar va iste’mol qilingan xizmatlar, jumladan elektr energiyasi, gaz, bug‘, suv yetkazib berilganligi uchun, shuningdek qabul qilingan va to‘lanishi lozim bo‘lgan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha moddiy qiymatliklar yetkazib berganligi yoki qayta ishlov berganligi uchun korxonaning mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:


6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar";
6020 "Berilgan veksellar".
Qurilish pudrati shartnomasini, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni amalga oshirish shartnomasini bajarishda bosh pudratchi vazifasini amalga oshiradigan korxonalar o‘zlarining subpudratchilari oldidagi majburiyatlarini shuningdek mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlarda aks ettiradilar.
Ushbu schotlarning kreditida, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schotlar (yoxud 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schotini qo‘llagan holda) yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, buxgalteriya hisobida hisobga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar, xizmatlar va ishlarning qiymati aks ettiriladi. Materiallar yoki tovarlarni yetkazib berish, shuningdek ularga chetda qayta ishlov berish bo‘yicha xizmatlar uchun, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlarning krediti bo‘yicha yozuvlar, ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar, ishlab chiqarish xarajatlari va hokazolarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi. Mol yetkazib beruvchilar soni katta miqdorda bo‘lib, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar ko‘p band bo‘lganda mol yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarning hisobi 6990 "Boshqa majburiyatlar" schotida olib borilishi mumkin.
Agar mol yetkazib beruvchining yoki pudratchining schoti mol yetkazib berilgunga qadar to‘langan taqdirda, mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazilgan paytda quyidagi o‘tkazma berilishi lozim:
Debet 4310 "TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga beriladigan bo‘naklar"
Kredit 5110 "Hisob-kitob schoti" yoki 5210 "Mamlakat ichkarisidagi valyuta schotlari".
Agar kelib tushgan moddiy qiymatliklar omborga kirim qilinayotgan paytda ularning kamomadi aniqlansa yoki ularning sifati, miqdori, shuningdek bahosi shartnomada keltirilgan baholarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" schoti 4860 "Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar" schoti bilan bog‘langan holda tegishli summaga kreditlanadi.
Hujjatlar bilan tasdiqlanmagan mollar mol yetkazib beruvchi tomonidan berilganda 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" schoti kelib tushgan moddiy qiymatliklarning shartnomada ko‘zda tutilgan baho va shartlardan kelib chiqib aniqlangan qiymatiga kreditlanadi.
Ushbu guruh schotlari, pul mablag‘lari va hokazolarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, majburiyatlar ijrosi summasiga (schotlar to‘lanishiga), jumladan bo‘naklar va oldindan to‘lovlarga debetlanadi. Bunda ilgari berilgan bo‘nak summasiga quyidagi yozuv beriladi:
Debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar"
Kredit 4310 "TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga beriladigan bo‘naklar".
6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" schoti bo‘yicha tahliliy hisob har bir taqdim etilgan schot bo‘yicha har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bo‘yicha yuritilishi lozim. Bunda tahliliy hisob tuzilishi to‘lov muddati yetib kelmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar haqida, muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar haqida kerakli ma’lumotni olishga imkoniyat yaratishi kerak. 6020 "Berilgan veksellar" schoti bo‘yicha ham tahliliy hisob xuddi shunday tamoyilga asosan yuritilishi lozim.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin