Biologiya darslarida didaktik o’yin mazmuni va mohiyati. Ta’lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati
bilan uyg'unlashtiriladi. Shu sababli, o'quvchilarning bilim olish faoliyati, o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik о’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o'yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• o'yin har doim shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo'lgan qiziqishi ni orttiradi;
• o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi kommunikativ -
muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi;
• shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi bilimini va o'zligini namoyon
etishga imkon yaratadi;
• hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni
yengishga mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalari tarkib topadi.
• o'yin jarayonida ijtimoiy m e’yorlarga mos xulq-atvorni egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
• shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin
tayyorlaydi;
• insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizim i, ayniqsa,
ijtimoiy, m a’naviy-madaniy qadriyatlarni o'rganishga e’tibor qaratiladi;
• o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish
ko'zda tutiladi.
O‘yin faoliyati o'zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
— o'yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin
rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni o'quvchilarning o'z faoliyatini tahlil va
nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o'z
faoliyatidan ko'ngli to'lishi, o'z bilimi va kuchiga ishonch vujudga
keladi;
— ijodiy muhit tarkib topadi.
O'yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo'ladilar;
— o'yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o'zaro yordam
vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo'ladi. Hayajonga yo'g'rilgan bilim, ko'nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi;
— o'yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O'yin
ishtirokchilarida ijtimoiy me’yorlarga mos ongli intizom vujudga kelishiga
zamin tayyorlaydi;
— o'yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi
va o'quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo'ljalni to'g'ri olishga o'rgatadi.
Boshqa o'qiiv va mehnat faoliyati kabi o'yin faoliyati tarkibiga
quyidagilar:
a) o'yinning sujeti;
b) o'yin ishtirokchilari bajaradigan muayyan rollar, vazifalar;
c) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar
(usullar);
d) real yoki shartli ravishdagi o'yin vositalaridan foydalanish;
e) o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat, muloqot kiradi.
O'quvchilarning bilish faoliyatini o'yin faoliyati bilan uyg'un holda tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
— didaktik o'yindan ko'zda tutilgan maqsadni aniqlash;
—didaktik o'yin sujeti va ishtirokchilar faoliyatini loyihalash.
O'yindan ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilash;
— didaktik o'yinni maqsadga muvofiq tashkil etish, uning mazmuni,
borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilarning
muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishiga e’tiborni qaratish;
— o'yin ishtirokchilarini rag'batlantirish;
— olingan natijalarni tahlil qilish;
— olingan natijalarga muvofiq holda o'yin tuzilishi va borishiga
tegishli o'zgartirishlar kiritish.
Siz modul dasturi yordamida mustaqil ishlab, biologiyani o'qitish
jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri didaktik-o'yin
texnologiyalarini qo'llash, mazkur texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, didaktik-o'yinli darslaming an’anaviy darslardan farqi va afzalligi,
o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari bilan
tanishishingiz, metodik bilim, ko'nikm a va malakalaringiz, kasbiy
mahoratingiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirisliingiz zarur.
1-modul.
Maqsad. Didaktik-o'yin texnologiyasining umumiy xususiyatlari,
Biologiya darslarida o'quvchilarning bilish faoliyatini o'yin faoliyati
bilan uyg'unlashtirish, o'yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari bilan
tanishish.
1-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob
toping:
Didaktik-o'yinli darslarga ta ’rif bering:
— o'yin faoliyati inson hayotida qanday funksiyalarni bajaradi?
— o'yin faoliyatining xususiyatini tavsiflang.
— o'yin va o'yin faoliyati tarkibiga nimalar kirishini aniqlang.
— o'yin faoliyati qanday bosqichlarda tashkil etilishini o'rganing.
2-modul.
Maqsad. Didaktik-o'yinli darslaming mazmuni va mohiyatini o 'rganish.
2-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob
toping:
1. Didaktik-o‘yinli darslaming funksiyalarini sanang.
2. Har bir funksiyaga izoh bering.
3. An’anaviy darslaming funksiyalari bilan didaktik-o'yinli darslaming
funksiyalarini taqqoslang.
3-modul.
Maqsad. Didaktik-o'yinli darslarga qo'yiladigan didaktik talablami
o'rganish.
3-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob
toping:
1. Didaktik-o'yinli darslarga qo'yiladigan didaktik talablami aniqlang.
2. Mazkur didaktik talablami amalga oshirish uchun o'qituvchi
qanday tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishi lozim?
3. O'quvchilarning bilish faoliyati qanday tashkil etilishini o'rganing.
4-modul.
Maqsad. Didaktik-o'yinli darslaming turlarini o'rganish.
4-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollaiga javob toping:
1. Didaktik-o'yinli darslaming qanday turlari mavjud?
2. Sujetli-rolli o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
3. Ijodiy o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing.
4. Ishbilarmonlar o'yinining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing.
5. Ilmiy konferensiya va matbuot konferensiyasining o'ziga xos
xususiyatlarini aniqlang. Dars ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib
chiqing.
6. O'yin mashqlaming o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. Dars
ishlanmasi va texnologik xaritasini ko'rib chiqing.
5-modul.
Maqsad. Didaktik-o'yinli darslami tashkil etish uchun o'qituvchining
tayyorgarligi va texnologik xaritalami tuzishni o'rganish.
5-modulni diqqat bilan o'qib chiqing va quyidagi savollarga javob
toping:
1. Didaktik-o'yinli darslarni tashkil etish uchun o'qituvchi qanday
tayyorgarlik ko'rishi zarur deb hisoblaysiz?
2. Didaktik-o'yinli darslaming texnologik xaritasini tahlil qiling.
3. Mazkur texnologik xaritalarni an’anaviy darsning texnologik
xaritasi bilan taqqoslang va quyidagi jadvalni to'ldiring.