301-guruh talabasi pirmatova dilxumorningning zoologiya fanidan «Biologiyani o`qitishda didatik o`yin texnologiyasining konferensiya, matbuot konferensiyasi metodlaridan foydalanish»


Biologiyadarslarida konferensiya,ishbilarmonlar va didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasi



Yüklə 49,42 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü49,42 Kb.
#210669
1   2   3   4   5   6
Fan va innovatsiya vazirligi-fayllar.org

Biologiyadarslarida konferensiya,ishbilarmonlar va didaktik o’yinlardan foydalanish texnologiyasi.
Didaktik o‘yinli darslar ichida konferensiya darslari muhim o‘rin
tutadi. Konferensiya darslari o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ulami qo'shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlami mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
O'qituvchi konferensiya darsini o'tishdan aw al dars mavzusini,
maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib, shu mavzuga oid qo'shimcha
ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlami ko'zdan kechiradi.
Mazkur dars o'tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon etilib,
unga tayyorgarlik ko'rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. E ’lon
qilingan didaktik o'yinli darsda «olimlar» rolini tanlash, mavzuni
har tom onlam a yoritish, har bir o'quvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash o'quvchilarning ixtiyorida bo'ladi.
Darsga tayyorgarlik davrida o'qituvchi tomonidan ijobiy rag'batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo'llovchi o'qituvchining muloqot madaniyati, o'zaro yordami o'quvchilarning darsga qizg'in tayyorgarlik ko'rishning muhim omili sanaladi.
Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o'tkazish tavsiya etiladi:
1. O'qituvchining kirish so'zi. Bunda o'qituvchi dars mavzusi,
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «olimlar» bilan tanishtiradi.
2. Ilmiy m a’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko'rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
3. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa
o'quvchilar o'rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o'tkaziladi.
4. Ilmiy konferensiya yakuni. O'qituvchi mavzu yuzasidan eng
muhim tushuncha va g'oyalami ta’kidlab, yakunlaydi.
5. O'quvchilami baholash. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar
rag'batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Darsni umumiy yakunlash.
Quyida «Tabiiy va sun’iy eko tizimlar» mavzusida o'tkaziladigan ilmiy konferensiya darsining loyihasi berilmoqda.
Darsning mavzusi. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar.
Darsning ta’Iimiy maqsadi. O‘quvchilami tabiatdagi tabiiy va sun’iy
ekotizimlar, Markaziy Osiyo mintaqasining ekotizimlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar, ularda
boradigan jarayonlar bilan tanishish orqali o'quvchilarning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, Markaziy Osiyo mintaqasining ekotizimlari
bilan tanishtirish orqali o'quvchilami milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ekologik tarbiya berish, kasbga yo'llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarning tabiiy jamoalarda boradigan jarayonlar, tabiiy va sun’iy ekotizim lar haqidagi
bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Tabiiy va sun’iy ekotizimlar, landshaftlar aks etgan
jadvallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya. Didaktik o'yin texnologiyasi
(konferensiya)
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar. Ekotizimlarning o'ziga
xos xususiyatlari, tabiiy va sun’iy ekotizim lar, Markaziy Osiyo
regionining ekotizimlari, agrosenozlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
O'qituvchi ushbu darsni o'tishdan bir hafta oldin o'quvchilami 5 ta guruhga ajratadi va ularga biologiya, ekologiya fanlari sohasida faoliyat ko'rsatayotgan «olimlar» maqomini beradi.
III. Yangi mavzuni o'rganish: O'quvchilarning guruhi o'qituvchining
tavsiyasiga binoan o'z mutaxassisliklariga tegishli bo'lgan quyidagi
mavzulardan biri bo'yicha m a’ruza tayyorlaydi.
1. Ekotizimlaming o'ziga xos xususiyatlari.
2. Tabiiy ekotizimlar.
3. Sun’iy ekotizimlar.
4. Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari.
5. Agrosenozlaming iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari.
Har bir yo'nalish bo'yicha «olimlar» maqomini olgan o'quvchilar
o'zlariga tegishli mavzu bo'yicha ko'rgazm ali qurollar asosida
qo'shimcha materiallardan foydalangan holda ma’ruza qiladilar.
Ma’­ruzalar tugagach, o'quvchilar o'rtasida o'quv bahsi va munozara o'tkaziladi.
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning bilimini nazorat qihsh va
baholash darslikda berilgan savollar va test topshiriqlari orqali amalga
oshiriladi.
IV. Darsni umumiy yakunlash.
V. Uyga vazifa berish.
Matbuot konferensiyasi
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o'quvchilarning o'quv-bilish
faoliyati faol bo'lishi bilan xarakterlanadi. O'qituvchining matbuot darsiga tayyorgarligi birmuncha murakkabroq. O'qituvchi matbuot
konferensiyasini o'tkazishdan bir hafta awal sinf o'quvchilarini ikki guruhga bo'ladi. Ularning taxminan 30% i parrandalar seleksiyasi sohasida ishlayotgan olimlar va parrandachilik fabrikalarining mutaxassislari, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallaming muxbirlari rolini bajaradilar.
Gazetalardan respublikamizda nashr qilinadigan «Xalq so'zi», «O'zbekiston ovozi», «Qishloq haqiqati», «Toshkent oqshomi», «Turkiston»,
«Toshkent haqiqati», jurnallardan «Fan va turmush», «Qishloq xo'jaligi», «Saodat», «Sihat-salomatlik»ni olish mumkin.
Shundan so'ng, har qaysi gazeta va jurnal muxbirlarining matbuot
konferensiyasida beradigan savollari o'quvchilar yordamida tuziladi.
Bu savollar muhokama qilinayotgan muammoni har tomonlama qamrab
olishi kerak. Savollar mazmuni muhokamadan o'tgandan so'ng, gazeta
va jumal muxbirlari va seleksiyachi olimlar roli o'quvchilarning xohishiga
ko'ra taqsimlanadi.
O'qituvchi parrandachilik seleksiyasi bilan shug’ullanadigan olimlar
va mutaxassislar rolini bajaradigan o'quvchilar bilan alohida tayyorgarlik
ishlarini olib boradi. Ularga qo'shimcha adabiyotlardan foydalanish va
savollarga javoblar topish haqida ko'rsatma beradi. Savollarga beriladigan
javoblar qisqa, aniq, ilmiy jihatdan asoslangan, mahalliy materiallarni
qamrab olgan bo'lishi lozim. O'qituvchi ana shu javoblarni oldin ko'zdan
kechirishi, agar ularda juz’iy kamchiliklar bo'lsa, ularni to'g'rilashi,
to'ldirishi kerakligini o'quvchilarga topshiradi.
Muxbirlar rolini bajaradigan o'quvchilar ham savollarga javoblar
topishi, olimlar va mutaxassislar muloqotga kirishi uchun yetarli
darajadagi bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Mazkur darsga barcha o'quvchilar, ular qaysi rolni bajarishidan qat’iy
nazar, matbuot konferensiyasiga qizg'in tayyorgarlik ko'rishi lozim.
Darsning mavzusi. Parrandachilik
Darsning ta ’limiy maqsadi. O’quvchilarni xonaki parrandalar zotlarining xilma-xilligi, parrandachilik sanoati va uning ahamiyati bilan
tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O’quvchilarni xonaki parrandalar
zotlarining xilma-xilligi, parrandachilik sanoatining ahamiyati bilan
tanishtirish orqali ulaming dunyoqarashini kengaytirish, ekologik va
iqtisodiy tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O’quvchilarni qushlarning xilma-xilligi va ahamiyati haqidagi bilimlari, darslik va qo'shimcha
adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini
rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Tovuq zotlarining rasmlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya. Didaktik o‘yin texnologiyasi (matbuot konferensiyasi).
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
2. O'quvchilami darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
Matbuot konferensiyasi darsi o'qituvchining kirish so‘zi bilan ochiladi. U kirish so'zida darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan o'quvchilarni tanishtirib, bugungi matbuot konferensiyasi qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i parrandachilikka bag'ishlanishini, konferensiyada ishtirok etayotgan seleksioner olimlar, parrandachilik sohasida tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan mutaxassislar, gazeta va jurnallarning muxbirlari ishtirok etayotganligini qayd etadi.
Matbuot konferensiyasini o'tkazish.
1. Matbuot konferensiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan o'quvchilar olimlar va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat etishlari
mumkin:
2. Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud?
3. Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi?
4. Respublikamizda tuxum olish uchun parrandalaming qanday zotlari boqiladi?
5. Parrandachilikning qanday ahamiyati bor?
6. Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi?
7. Tovuqlarning tuxum qo'yishi kun uzunligiga bog'liqmi? Parrandachilik fabrikalarida bu muammolarni hal etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
8. Jo‘ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi?
9. Parrandachilikni rivojlantirishda nasldor parrandalar keltirib chiqarish muhim rol o'ynaydi. Ularning jo'jalari qayerlarda ochiladi? Parrandachilikda tovuqlar bilan bir qatorda o'rdaklar ham boqiladi. Ularning qanday zotlari bor?
10. Xonaki g'ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan qanday mahsulotlar olinadi? Olimlar va mutaxassislar bu savollarga javob beradilar.
Masalan, olim lar Respublikamizda tuxum olish uchun qanday
zotlar boqiladi? degan savolga quyidagicha javob berishlari mumkin:
Respublikamizda tuxum olish uchun parrandalardan rus oq tovug'i
zoti boqiladi.Bu zot Sankt-Peterburg parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari
oq legorn tovuqlariga avstralgorn zotining qonini quyish orqali chiqarilgan. Qon quyish jo'ja ochish maqsadida to'planadigan tuxumlarni yig'ishdan 2,5 oy oldin boshlangan. Olingan duragaylarga ham bir kg massa hisobiga 2,5 ml dan avstralgorn zoti qoni quyilgan. Bundan tashqari, har yili zotdor xo'rozlar va tovuqlar tanlanib,
saralanishi natijasida sermahsul va hayotchanligi yuqori bo'lgan mazkur
zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuq va xo'rozlarning o'rtacha
vazni 3,7 kg.
Bundan tashqari, tovuqlari 5—6 oyda tuxumga kiradi, bitta tuxumning vazni 69 g bo'lib, tovuqlar yiliga 2O’O’—3O’O’ ta tuxum beradi.
Tuxum-go'sht yo'nalishidagi tovuq zotlariga zagorsk, pervomaysk
misol bo'ladi. Ular orlov tovug'ini, oq viandot va rod ayland zotlari
bilan qayta-qayta chatishtirish orqali chiqarilgan. Uzoq vaqt davomida,
tanlash va saralash natijasida sermahsul va yuqori sifatli go'sht beradigan
zot keltirib chiqariladi.
Bu zotga mansub tovuqlar va xo'rozlarning o'rtacha vazni — 2,5 —
4 kg, bitta tuxumning vazni — 69 g bo'lib, tovuqlar yiliga 25O’ tagacha
tuxum beradi.
Bu zotning afzalligi shundaki, bizning respublikamizda ko'paytirish va boqish mumkin.Shu tariqa olimlar muxbirlarning savollariga asosli javob beradilar.
Yangi mavzuni qayta ishlash.
O'quvchilami rag'batlantirish va baholash.
Darsni umumiy yakunlash.
Uyga vazifa berish.


XULOSA.
Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan.
1. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish. Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish; pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish; pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

Yüklə 49,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin