Biz idrok qilib turgan narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida paydo bo`ladi, o`zgaradi va o`tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalarning ob`ektiv tezligi, davomiyligi va muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob`ektiv reallikni aks ettirib, kishini o`rab olgan muhitda mo`ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo`ljal olish orientirovkasi miyaning po`sti bo`limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a`zo yo`q. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oralig`ining bir muncha aniq farqi kinestezik va eshitish sezgilari beradi. Markaziy asab tizimida, bosh miya katta yarim sharlarida qo`zg`alish va tormozlanishning ritmik almashuvi, vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya po`stida qo`zg`alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt “tez” o`tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt “sekin” o`tgandek idrok qilinadi. Vaqtning “tez” yoki “sekin” o`tishi kishining vaqtga va diqqat yo`naltirilgan ob`ektga munosabatiga ham bog`liq. Masalan: biror darsning o`tishi, kinofil’mni ko`rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va xokazo. Odamlar vaqtni ob`ektiv belgilash, uning oralig`ini to`g`ri farqlashga imkon beradigan, narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.
3. Harakatni idrok qilish
Tevarak - atrofdagi narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida o`z o`rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa - hodisalarning fazoda o`rin almashtirib turishini, ya`ni harakatini ham idrok qiladilar. Harakatni idrok qilishda ko`rish va kineztezik analizator asosiy rol’ o`ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo`nalishi harakat qilayotgan ob`ektiv parametridir. Odam narsalarning harakati haqida ikki yo`l bilan ma`lumot olishi mumkin:
1. harakatni bevosita idrok qilish.
2. harakat haqida xulosa chiqarish.
Harakatni bevosita ko`rish orqali idrok qilish ikki xildir:
a) ko`zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish; b) ko`zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakatni tez yoki sekin bo`layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilishi narsalarning ob`ektiv tezligiga va uning idrok qiluvchidan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq. Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.5
Xulosa Xulosa qilib shuni ta’kitlash joizki faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayrim usullar turli darajada qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilar faoliyatning nisbatan yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog‘lay olish va o‘zaro nisbatini aniqlay bilishga o‘rgatilishi lozim. Bolaning fikrini ham tez-tez inobatga olib turilsa, uning o`z-o`ziga bo`lgan ishonch hissi ortadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi.
Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi. Qizlar va o`g`il bolalar yetuk va komil shaxs bo`lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur.
U ham bo`lsa zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishdir. Bunda ota-ona, oila muhiti muhim o`rin egallaydi. O`rgimchak to`ridek dunyoni egallab olgan elektron olam bolalarning ongu shuurini butunlay egallab olmasidan oldinroq ularda hayotda har bir narsaning me`yorini bilish ko`nikmasini hosil qilishimiz va bunga o`zimiz ham amal qilishimiz juda zarur. Zero bola aytganni emas, ko`rganini qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intintellektual salohiyatini rivojlantirish orqali yuksak intellekt sohiblarini tarbiyalashimiz bizning asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi.