«Kunduzi kim qaerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi kunduz — shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlamaydi. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot etishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. YAxshi mehnat kishini bezatadi va xursand qiladi. Mana biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz. Kunduzi ko‘chalarda odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak. Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak. SHahar ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
Tevarakatrof — chamalash, orientirovka qilish, o‘zi turgan
nuqta, yon atrofdagi ob’ektni, o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma — yon, yaqinida, yonida.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo’lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, oriyentirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko’nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o’z fikrlarini to’la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o’zlashtirilishini o’z vaqtida ta‘minlab borish zarur.
Bu bilim malaka va ko’nikmalarning barchasi 1-sinf o’quvchisining materialini muvaffaqiyatli o’zlashtirishdagi yutug’i bo’lib hisoblanadi.
Tevarak-atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham bog’liqdir, u inson ongidagi ko’rish, eshitish, so’zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg’ularining roli ahamiyatlidir.
Bolalarning tevarak atrof haqidagi lug’atlarining boyib borishi, ularning tevarak atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta‘minlaydi.
Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak atrofii o’rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog’lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak atrofni o’zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir.
Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo’ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o’zining sezgilari orqali idrok qiladi, ya‘ni tanasining tomonlari bilan mo’ljal qiladi.
Bog’cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so’zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o’ngra.
Yosh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo’lib hisoblanadi va u o’zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo’ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo’shiladi. Bu nutqda ifodalashdir ya‘ni so’zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o’ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo’ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga.
Shunday qilib bog’cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so’z bilan belgilash tizimi davridir.
Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo’ldiki yuqorida degan so’zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, orqasida esa — orqasini, o’ngda — o’ng qo’li qaeyrda bo’lsa o’sha tomonni, chapda — chap qo’li qayerda bo’lsa o’sha yerni idrok qilgan. O’z tanasi bo’yicha tevarak-atrofni idrok qilish bu boshlang’ich idrok bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy tomonlarni 3 ta guruhi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo’yicha eng birinchi bo’lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan.
Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o’zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi.
Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o’ng va chapni ajratishdir.
Kuzatishlardan bola bu qarama-qarshi tomonlarni asta-sekin egallab boradi, qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tevarak atrofni o’rganish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkazilgan tajribalardan shuni ko’rish mumkin-ki, bolalar tevarak atrofii orientirovka qilishga o’rganayotganlaridayoq oddiy atamalardan murakkabroqqa, tevarak-atrof terminlariga o’ta boshlaydilar. Ularning nutqdaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so’zlari (biror predmetni ko’rsatib, aytib)
«yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo’la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig’ini aniqlay bilishi boshlang’ich bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning yanada o’rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u
«oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir.
Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» ko’shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi.
Masalan, hamma o’yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o’rtada, qo’g’irchoq esa oxirgi orqasida turibdi.
Bola orientirovka qilishga o’rganayotganida «yonma-yon» so’zining ma‘nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o’rtada», «orasida» kabilarni o’rganib bo’lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki
«yonidan», yana keyinroq borib bola bu so’zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki o’ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni orientirovka qilishga o’rgatish ishini turli yo’llar va yo’llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak.3