Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. Matematika ta’limiy faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha:
Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.
Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli ko‘rgazmali o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi.
Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi:
Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari asoslari qonuniyatlarini bilish.
Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish.
Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib borish.
O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish.
Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish.
Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish.
Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish.
Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart- sharoitlardan biri ekanligini bilish.
Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak.
Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi
kerak.