O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
332
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA XALQ MAQOLLARI LINGVISTIK
TADQIQI MASALALARINING O‘RGANILISHI.
Turopova Hilola Faxriddinovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti,
Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi II bosqich magistranti.
Annotatsiya, Maqolada xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri bo‘lgan
maqol va uning xususiyatlari, maqolning folklorshunoslikda tutgan o’rni,
maqollarning nazariy masalalarini tadqiq qilgan o‘zbek folklorshunos olimlari,
o‘tgan asrda chop etilgan maqollar to‘plami xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: maqol,
maqol va matal, maqolning obrazlilik va struktur
vazifasi, “Maqollar va hikmatli so‘zlar”, metodologik vazifa.
Annotation. In the article, the proverb is one of the genres of folklore and its
characteristics, the place of the proverb in folklore, Uzbek folklorists who studied
the theoretical issues of the proverb, a collection of proverbs published in the last
century.
Key words: proverb, proverb and proverb, figurative and structural function
of the proverb, "Proverbs and wise words", methodological task.
Millatning o‘zligini ko‘rsatuvchi
milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini
ifodalovchi omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalqlar boy ma’naviy
merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol,
matal va
iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini
ko‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Xalq og‘zaki
ijodining dolzarb
janrlaridan bo‘lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganilayotgan
muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan
maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqol va matallar, aforizmlar kishilarning,
ayniqsa, yoshlarning ongini o‘stiradi, ularni to‘g‘riso‘z, rostgo‘y,
mehnatsevar,
mard, jasur, sabotli va matonatli bo‘lishiga o‘rgatadi, kishidagi eng insoniy
fazilatlarni targ‘ib etadi. Shuningdek,
yozuvchi, shoirlar va notiqlarning so‘z
boyliklarini orttiradi, ularning asarlarini badiiy jihatdan g‘oyat ta’sirli qiladi.
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq
maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir
janridir. Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz
mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday
badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush
tarzining bamisoli bir oynasidir.
Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga,
inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-
estetik va falsafiy qarashlari namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar
g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy
munosabatlarda, badiiy,
tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik