34-mavzu: Har XIL psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari


Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/3
tarix30.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#141117
1   2   3
35-MAVZU

Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:

  • Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi;
  • Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, xulq atvorni o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) planda, kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar ichiga aylanadi. Bu qonuniyat , ma’naviy rivojlanishning umumgenetik qonuni deb ataladi. Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning fikricha, moddiy rivojlanishni aks ettiradi. Uning fikricha bola shaxsi bilan moddiy rivojlanish o‘rtasida teng belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi. Shaxsning ko‘rsatkichi deb tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin. Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa unda shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan bo‘lgan hukmronligi kuchayadi.

A.N.Leontyev (1903-1979)

  • psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi asoschisi. Uning asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, kabilari mashhurdir. Leontyev konsepsiyasi inson rivojlanishida ijtimoiy determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab, qaysidir ma’noda Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontyevning shaxs teoriyasi asosiy prinsipi yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat fenomeni sabab, atrof olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi.
  • Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu so‘z ma’nosi bilan solishtiriladi. Leontyev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina bitta tushunchaga taalluqli bo‘la olmaydi, chunki harakatni individ bajarmaydi. Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki funksiyalar yuzaga kelishi mumkin, ular tez shakllanib 2ta formaga aylanadi.
  • Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi-harakat va operatsiyalar ajralib chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. Butun bir faoliyatni o‘rganishdan maqsad ichki sistema bog‘lanishlar va munosabatlarni tadqiq qilishdir.
  • Leontyev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi asosan individ tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret subyektning bo‘linmasligi, butunligi va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi mahsulidir. Shaxs strukturasi motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning alohida psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan genetik programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va faxmidadir.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin