A) shaxsi ma’lum gap B) shaxsi topilmas gap C) shaxsi umumlashgan gap D) shaxsi noma’lum gap 2. Ikki bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda?
A)Kulmoq hamisha umrni uzaytiradi. B) Har kuni sport bilan shug‘ullaning. C) Paxtakorlik kasbini ulug‘layapmiz. D) Sharqda hamma keksalarni shoir hisoblashadi. 3. Shaxsi topilmas gapni toping.
A) Xalqimizning baxt-u saodati yo‘lida xizmat qilishga tayyorman. B) Do‘stini yomonlagandan qoch. C) Kiyimni bo‘yga qarab bichadilar.D) Yaxshilikning qadriga etish kerak. 4. Shaxsi noma’lum gapni toping.A) She’rda aql bovar qilmas sehr bor. B) Sharqda savdogarlarga alohida hurmat bilan qaraganlar. C) Go‘zallikka boshqa yaxshi fazilatni qo‘shishga intiling. D) Yolg‘onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo‘lmaydi. 5. Shaxsi ma’lum gaplarda egani anglatib turuvchi grammatik shakl asosan qaysi?
A) fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchasi B) 1-, 2-shaxsni ko‘rsatuvchi olmoshlar C) egalik qo‘shimchasi D) kesimga berilgan so‘roq 6. Navro‘zingiz muborak! Mustaqil qo‘llanuvchi bunday gaplar qanday gap?
A) atov gap B) shaxsi ma’lum gap C) bir bosh bo‘lakli gap D) to‘liqsiz gap 7. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o‘xshataman. B) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir. C) Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin. D) Farzandni gulga, onani bo‘stonga o‘xshatadilar. 8. Shaxsi topilmas gapni belgilang.
A) Kiyimni bo‘yga qarab bichadilar. B) Umr bo‘yi bilimni boyitib borish lozim. C) Xalqimning baxt-u saodati yo‘lida xizmat qilishga tayyorman. D) Do‘stini yomonlagandan qoch. 9. Atov gapni toping.A) Haqiqatni yashirib bo‘lmaydi. B) Ko‘p yig‘lasang, ko‘zdan ajraysan. C) Bu erda bemorni musiqa bilan davolaydilar. D) Bahor. Tog‘lar, qirlar yashnab ko‘rinadi. 10. So‘z-gap qaysi qatorda bor?
A) Hayot kitobiga hech qachon yakun yasab bo‘lmaydi. B) - Bu gap esingdan chiqmasin. Xo‘p, taqsir. C) – Ertaga teatrga borasizmi? -Yo‘q, borolmayman. D) Avlod uchun otadan ham ulug‘roq kishi bormi? – Bor. 11. To‘liqsiz gapni toping.A) - Shundaymi? - yoqasini ushladi chol. B) - Familiyangiz nima? - A’zamxonova. C) Sabr - umr xazinasi.D) - Ertaga Qorabuloqqa borar ekansiz-da? 12. Nutqda qanday gap yakka holda qo‘llanmaydi?A) to‘liqsiz gaplar B) shaxssiz gaplar C) shaxsi ma’lum gaplar D) atov gaplar. 13. Sodda gaplar grammatik asosiga ko‘ra necha xil bo‘ladi?
A) sodda va qo‘shma gap B) yig‘iq gap va yoyiq gap C) to‘liq va to‘liqsiz gap D) bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gap 14. Imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdingmi? - Ha, tayyorgarlik ko‘rdim. Ushbu gapdagi ha so‘zini qanday izohlaysiz?
A) gap B) so‘z gap C) kirish so‘z D) atov gap 15. Qaysi qatorda bir bosh bo‘lakli gap berilgan?
A) Bu yil olma bilan o‘rik hosili mo‘l bo‘ldi. B) Sochilgan urug‘ tez unib chiqdi. C) Bir tup tok eksang, bir tup tol ek. D) Suvlar tiniq, yaproqlar oltin. 16. Qaysi qatorda bir bosh bo‘lakli gap berilgan?
A) Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi. B) Xom suvni ichib bo‘lmaydi. C) Qimirlagan qir oshar. D) Ko‘chada hech kim yo‘q. 17. Bir bosh bo‘lakli gap qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Qo‘rqoq hamma narsadan mahrum. B) Elni ixtilof buzadi. C) O‘tgan narsa hamisha totli. D) Toshdan gavharni farq qilish kerak. 18. Shaxsi ma’lum gapni toping.
A) Otangning amaliga suyanma. B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi. C) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. D) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar. 19. Bir bosh bo‘lakli gapni toping.
A) Insonni bilish uchun uni sevish kerak. B) Nahotki, bugun yomg‘ir yog‘sa? C) Hayotning go‘zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi? D) Saida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi. 20. Qish kelib, o‘riklar gulladi. Ushbu gap qaysi jihatdan bog‘lanmagan?