Orientatsiya qismida aniqlab ketish zarur. Knijnaya - to`g`ri chop etishni, albomnaya – ko`ndalang chop etishni anglatadi. Yozuv mashinkasidan farqli o`laroq, kompyuterda bir necha xil shriftlar mavjud. Formatlash panelida joylashgan darchasi yonidagi uchburchakni bosib shriftlar ro`yxatini chiqaramiz, kerakli shriftni tanlab, uni faollashtiramiz. Mazkur darchaning yonida shriftlar o`lchovi darchasi joylashgan. Undan yuqoridagi usul bilan kerakli o`lchovni tanlab olib, so`ng alfavit turini tanlab olamiz. Guvoh bo`lganingizdek, klaviaturada ikki xil: kirill va lotin harflari mavjud. Kerakligini tanlab olish uchun ekranning quyida joylashgan masalalar panelidagi klaviatura indikatori ustiga sichqonchani olib borib, ruyxat ochiladi va hosil bo`lgan ro`yxatdan kerakli alfavit tanlab olinadi.
Nihoyat, hamma tayyorgarlik ishlari tugadi, ishchi maydon matnni terishga tayyor. Shu o`rinda matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari kaysilar kabi savollarga javob berib o`tamiz. Matn
- simvol, so`z, qator, parcha, abzats(xat boshi), sahifa kabilardan tashkil topgan.
Simvol(belgi) – bu matnning eng kichik elementidir. U o`lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o`rni) kabi hususiyatlarga ega. Simvollar ketma-ketligi boshqa ob’ektlarni tashkil etadi: so`z, parcha, abzats, matn sahifasi.
So`z – bu ikki tomondan ajratuvchi simvollar bilan (bo`sh simvol, nuqta, vergul va h.k.) chegaralangan simvollar ketma-ketligidir. Keltirilgan xususiyatlarga qo`shimcha: birinchi (oxirgi) simvol mavjudligi hamda simvollar soni cheklanganligi (so`z uzunligi).
Qator – shu nomli kod bilan tugagan simvollar ketma-ketligi. Qo`shimcha xususiyatlar: qator boshi va oxiri, matnda qator tartib raqami, qator uzunligi, qatorning chap va o`ng chegarasi mavjudligi.
Sahifa – bu sahifa kodi bilan tugallanuvchi qatorlar to`plami. Qo`shimcha xususiyatlari: sahifa tartib raqami, sahifadagi qatorlar soni. va, nihoyat, oxirgi global ob’ekt - matnning o`zidir. Qo`shimcha xususiyatlari: matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matn varaqda joylanishi.
Hujjat tayyor bo`lgandan so`ng uni eslab qolish lozim. Buning uchun Fayl menyusidagi Soxranit kak buyrug`ini ishlatamiz:
Ekranda namoyon bo`lgan oynani tahlil etib chiqaylik. Papka darchasida hujjatni eslab qolish lozim bo`lgan jild yoki disk nomi turishi kerak. Rasmda Moi dokumenti (Mening hujjatlarim) jildi aks ettirilgan. Agar Siz maxsus jildga yozish uchun ro`yxatdan jildni almashtirmasangiz, kompyuter xamisha hujjatni Moi dokumenti jildiga saqlaydi. Hujjat disketaga saqlanishi talab etilsa, ro`yxatdan disk nomi tanlab olinadi (Disk 3,5 A). Imya fayla (fayl nomi) darchasida hujjatga nom beriladi. Uni kirill yoki lotin alifbosida berishingiz mumkin. Nom bir so`zdan, jumladan, gapdan, sondan iborat
bo`lishi mumkin. Tip fayla(fayl turi) darchasida fayl turi tanladi, u doc, rtf, html fayl yoki Word muharririning oldingi versiyalarida saqlanishi mumkin. Barcha zarur ma’lumotlar kiritilgandan so`ng, Soxranit (Saqlash) tugmachasi bosiladi. Agar biror xatolik o`tib ketgan bo`lsa, Otmena (Bekor qilish) tugmachasi bosiladi.
Papka darchasidan keyin joylashgan piktogrammalar quyidagilarni bildiradi:
bir pog`ona yuqoriga o`tish, ya’ni jildning ichidan yuqori qatlamga chiqish.
«izbrannoe» («Tanlangan») jildini tanlash.
jild va fayllarni ro`yxat ko`rinishida tasvirlash.
jild va fayllarni jadval ko`rinishida (hajmi, yaratilgan sanasi, vaqti va h.k.) tasvir etish,
jild va fayllarning xususiyatlarini aks ettirish.
buyruqlar va rejimlar piktogrammasi.
Dastur ishini tugatmasdan barcha ochilgan fayllarni yopish uchun, SHIFT tugmachasini bosib, Fayl menyusida Zakrit vse (Barchasini yopish) buyrug`ini faollashtirish kerak.
Hujjatni chop etishdan avval, u qog`ozda qanday joylanishini oldindan ko`rib qo`yish maqsadga muvofiq. Bunday imkoniyatni Predvaritelniy prosmotr ( Dastlabki ko`rish) buyrug`i yaratib beradi. Dastlabki ko`rish rejimiga ushbu piktogramma orqali ham kirish mumkin. Dastlabki ko`rishrejimidan chiqish uchun namoyon bo`lgan oynaning piktogrammalar qatorida Zakrit piktogrammasini ishlatish zarur.Hujjatni chop etish uchun Fayl menyusining Pechat buyrug`i faollashtiriladi. Natijada quyidagi oyna namoyon bo`ladi:
7
Agar mazkur hujjatning faqat ma’lum qismini (bir necha sahifani) chop etish zarur bo`lsa, mazkur sahifalarni Stranitsi (Sahifalar) qismida ko`rsatish kerak. Masalan, Nomera elementi tanlanganda chop etilishi lozim bo`lgan sahifa yoki bir nechta sahifaning raqamlari ko`rsatiladi.
Agar bir sahifaning ma’lum qismini chop etish lozim bo`lsa, kerakli qismni belgilab, yuqoridagi oynada Videlenniy fragment qatori oldidagi doiraga belgi qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |