FAN:Ona tiliMavzu: So’z tarkibi
Maqsad: a) O’quvchilarga o’zak va o’zakdosh so’zlar haqida ma’lumot berish;
O’quvchilarni toza va chiroyli yozish malakasini rivojlantirish
O’quvchilarni nutqini o’stirish. Dars tipi: aralashgan
Dars uslubi: tushuntirish, hikoya.
Dars jihozi: mavzuga oid ko’rgazmalar.
Darsningborishi
I tashkiliy qism.
IIHusnixatdaqiqasi. Maqsad:katta va kichik g harfini va ular ishtirokidagi so’zlarni husnixat asosida yozish. Kichik va katta g harfini yozish tushuntiriladi.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Hozir sizlarni rasmga qarab kimni va nimalarni ko’ryapsizlar?
Mana shu so’zlarni bosh harfi G dan boshlanar ekan. Bugungi darsimizda husnixatdan Gg harfini o’tamiz.
G G G G G gg g g g Gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla.Guldondagullar bor.
III O’tilgan mavzuni so’rash baholash.
Gap deb nimaga aytiladi?
Gaplar maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi? Darak gap deb nimaga aytiladi? So’roq gap deb nimaga aytiladi?
135-mashqni tekshirib baholab chiqdim.
IV O’tilgan mavzuni mustahkamlash yakunlash.
Darak, So’roq, undov gaplarga 2 tadan misollar keltiringlar.
Bosh bo’lak va ikkinchi darajali gaplarga misollar keltiring.
Ikkinchi darajali bo’lak gapda nima uchun kerak.
V Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar bugun mavzumiz o’zak va o’zakdosh so’zlar. Tilimizda minglab so’zlar bor. Shular orasida ma’no jihatdan bir-biri bilan yaqinlik sezilib turadi.
Masalan: Husnixatdan yozgan gul, gulchi, guldor, gulzor, gulla so’zlariga e’tibor bersak ular uchun bosh, gul qismlari umumiy ekanligini ko’ramiz.
137-mashqni bajaringlar. Juftlab berilgan so’zlar nimasi bilan bir-biri bilan o’xshaydi? Ularni yozing, umumiy qism o’zak deb nomlanadi.
O’zaklari bir xil bo’lgan so’zlar o’zakdosh so’zlar deyiladi.
138-mashqni matnlardagi o’zakdosh so’zlarni toping. Ularni yonma-yon yozing.
O’zakni odatdagidek belgilang.