3Лаборатория иши Bluetooth модулнинг турли тезликларда ишлашини ўрганиш



Yüklə 6,96 Mb.
səhifə5/6
tarix15.08.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#139444
1   2   3   4   5   6
labs(iot)

Qo‘shimcha menyu (uchinchi daraja menyusi) asosiy yoki kengaytirilgan menyudan chaqirilishi va qalquchi oynada aks ettirilishi mumkin. Qo‘shilganlik qo‘llanmaydi va qo‘shimcha menyudan yana bir menyuni chaqirishga urinish inkor etishni bekor qilinishiga olib keladi.


Menyuni yaratish
Menyuga murojaat qilinganida Aktivlik onCreateOptionsMenu usuli chaqiriladi va menyuni ekranda paydo bo‘lishi uchun uni oldindan aniqlash talab qilinadi. Bu usul parametr sifatida Menu sinfidagi parametrni oladi, u keyinchalik menyu punktlari bilan amallarni bajarish uchun ishlatiladi.
Menyuga yangi elementlarni qo‘shish uchun Menu ob’ektining quyidagi parametrlarli add usuli ishlatiladi:
- Guruh: guruhli ishlov berish uchun menyu punktlarini birlashtirish uchun;
- Identifikator: menyu punkti noyob identifikatori. Bu t identifikator menyu punktiga ishlov beruvchiga - onOptionsItemSelected usuliga uzatiladi.
- Tartib: menyu punktlari chiqariladigan tartibni ko‘rsatadigan qiymat.
- Matn: menyuning bu punktidagi yozuv.
Menyu muvaffaqiyatli yaratilganidan keyin onCreateOptionsMenu usuli true qiymatni qaytarishi kerak. Misol satr resurslaridan foydalaniladigan uchta punktlardan menyuni yaratilishini ko‘rsatadi:

@Override


public boolean onCreateOptionsMenu(Menu menu) {
super.onCreateOptionsMenu(menu);
menu.add(0, Menu.FIRST, Menu.NONE, R.string.menu_item1);
menu.add(0, Menu.FIRST+1, Menu.NONE, R.string.menu_item2);
menu.add(0, Menu.FIRST+2, Menu.NONE, R.string.menu_item3);
return true;
}

Identifikator bo‘yicha menyu punktlarini qidirish uchun Menu ob’ektining findItem usulidan foydalanish mumkin.



Menyu punktlari parametrlari
Menyu punktlari eng foydali parametrlari quyidagilar hisoblanadi:
- Qisqacha sarlavhalar: agar punkt asosiy menyuda aks ettirilishi mumkin bo‘lsa ishlatiladi. MenuItem sinfi ob’ektining setTitleCondensed usuli orqali o‘rnatiladi: menuItem.setTitleCondensed ("Sarlavha");
- Belgilar: Drawable identifikatori, u kerakli tasvirga ega bo‘ladi: menuItem.setIcon(R.drawable.menu_item_icon);
- menyu punktini tanlashga ishlov bergich: o‘rnatish mumkin, lekin unumdorlikni oshirish nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi, yaxshisi butun menyuga ishlov bergichni (onOptionsItemSelected ) ishlatish kerak. SHunga qaramay, misol keltiramiz:

menuItem.setOnMenuItemClickListener(new OnMenuItemClickListener() {


public boolean onMenuItemClick(MenuItem _menuItem) {
// punktni tanlashga ishlov berish
return true;
}
});

- Maqsad: bu maqsad, agar menyu punktiga bosish onMenuItemClickListener va onOptionsItemSelected ishlov bergich orqali ishlov berilmagan bo‘lsa, startActivity usuliga avtomatik uzatiladi:

menuItem.setIntent(new Intent(this , MyOtherActivity.class));


Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin