Jixozlar va asboblar: 500—600 g. Li chilangarlik bolg’alari, 175 mm. Li chilangarlik zubilolari, 175 mm. Li kreytsmeysellar, yog’och taxtachalar yoki mashq, moslamalari, arikcha ochg’ichlar, o’lchov chizikdari, metall chizgichlar, kernerlar, rejalash andozalari, pnevmatik kesish bolg’alari, shunday bolg’alarga mos zubilolar, charxlash dastgohi, charxlash burchagini tekshirish uchun andozalar, abraziv kayroqlar.
Ishning bajarish tartibi: Ishni bajarishda zarb berish maxsus mashq moslamasi yoki girada 30o holatida qisiladigan yog’och taxtacha qo’llanilib o’zgartiriladi.
Keskich tagliklari, qo’l arra dastgohi, andozalar va detallarning zagotovkalari, chuyan, taxtachalar, podshipnik ichqo’yma—vkladishlari, po’lat list, metall tasmasi, chivig’i va egri chiziq shaklli zagotovkalar.
1. Gira ishlovchi bo’yiga mos balandlikda o’rnatiladi: tirsagidan bukib gira jag’lari ustiga qo’yilgan chap qo’lning to’g’ri barmoqlari iyakka yetsa, maqbul balandlik tanlangan hisoblanadi. Bu holda shunday tikturish kerakki, gavda gira o’qidan chapda (45° burchak holatida) bo’lsin. CHap oyoq o’ng oyokdan yarim qadam oldin bo’lishi kerak (oyoq, panjalarining joylashish holati rasmda ko’rsatilgan). Gira past joylashganda, bilak bilan yelka o’tmas burchak, hosil qiladi va bilak mushaklari taranglashib, harakat qiyinlashadi, o’ng va chap qo’l bilan bir xil kuchda bosim ko’rsatish imkoniyatiga puturetadi, qaddibukilib, nomuvozanat holatda turadigan ishlovchi muvozanatga erishish uchun engashib, chap qo’l bilan qattiqroq bosib yuboradi, oqibatda esa, detalning chap cheti qiya egovlanib qoladi. Gira baland joylashganda, bilak va yelka o’tkir burchak hosil qiladi va ishlash sharoiti yanada og’irlashadi, chunki qirqish kuchini yelkadan asbobga uzatish o’ta zo’riqishni talab qiladi, hatto bunga talabaning kuchi yetmay qolishi mumkin. Bunda kuch ko’proq o’ng qo’lga tushib, detalning o’ng cheti qiya egovlanishiga olib keladi.
2. Bolg’a o’ng qo’lga dastasi uchidan 15-30 mm masofada shunday olinadiki, to’rt panja dastani ushlab, bosh barmok, ko’rsatkich barmok, ustida bo’ladi.