4- mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Ma'ruza rejasi


II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmida



Yüklə 69,51 Kb.
səhifə13/21
tarix28.11.2023
ölçüsü69,51 Kb.
#168366
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmida materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida tahlil qilingan. O‘sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Ba'zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ).
III - bosqich XVIII-XIX asrlarda materiya inson sezgi a'zolari orqali idrok etishga qodir bo‘lgan ob'ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar tamonidan aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi va u materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasida materiya ob'ektiv borliqni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy kategoriya bo‘lib, uni inson o‘z sezgi a'zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda u inson sezgilaridan qat'iy nazar mavjud. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bunda materiyaga narsalar va hodisalar rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida e'tirof qilinadi. Bu esa materiyaga ob'ektiv borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslik sohasidagi vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‘lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi xulosalarni kiritish yo‘lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog‘lash mumkin emasligiga urg‘u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo‘nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta'rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g‘oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, epikur va Lukretsiy Karning atomistik ta'limotiga borib taqalsada, bu g‘oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko‘lam bilan bog‘langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‘zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, jumladan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa hozirgi falsafiy yo‘nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo‘llaniladi va muhim metodologik rol o‘ynaydi, xususan, uning substansiyalilik, cheksizlik, yo‘q bo‘lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo‘linadi. Zero, barcha moddiy ob'ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega.
Materiya moddiy ob'ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ay­rim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma kon­kret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xu­susiyatla­rini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgi­larni aks ettiruvchi abstraksiyadir. Shunga o‘xshash materiya tushun­chasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob'ektiv re­allikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya on­g­dan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umu­miylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob'­ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta'limotning asosiy to­monlari quyidagilardan iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umu­miyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekan­li­gini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob'ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalar­ning evolyusiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.
Materiyaning ko‘rinishlari va struktura darajalari turlichadir. Materiya asosan ikki xil shakliy ko‘rinishda uchraydi. Bular - modda va nomodda (maydon) ko‘rinishlaridir. Atom va molekulalar materiyaning modda ko‘rinishi, elektromagnit maydon, yadro maydoni, gravitatsion maydon esa materiyaning maydon ko‘rinishlaridir. Modda va maydon bir-biriga o‘tib turadi. Modda – deb ma'lum massa aniqligiga ega bo‘lgan va fazoda muayyan aniqlikda joylashgan narsalarga aytiladi. Maydon va uning kvantlari esa muayyan massa aniqligiga ega bo‘lmagan va fazoda uzluksiz tarzda o‘rin olgan mavjudlikdir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘zaro to‘qnashganda keskin sifatiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya'ni modda va nomodda to‘qnashsa, materiyaning modda ko‘rinishi nomodda ko‘rinishiga aylanadi, muayyan maydondagi nurlanishlar esa zarracha va antizarrachalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ob'ektiv re­allikning butun bizga ko‘rinadigan qismidagi Koinot qa'ridan tortib, to mitti elementar zar­rachalar va antizarra­chalargacha (elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hakozo) materiya­ning moddasimon ko‘rinishiga mansubdir. Elektron va proton modda hisoblansa, pozitron va antiproton antimodda hisoblanadi. Hamma zarrachalar - modda, hamma antizarracha­lar - antimoddadir. Materiyaning nomodda­simon ko‘rinishiga turli xil fizik maydon va nurlanishlar kiradi. Modda bi­lan antimodda to‘qnashganda materiyaning an­nigilyasiya (lot. annihilatio - yo‘qolishi, hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir bo‘ladi, ya'ni materiya moddasimon ko‘rinishdan nomodda ko‘rinishiga – maydon va nurlanishga ay­lanadi. Fi­zik vakuumdagi elektromagnit maydonini muayyan intensiv­likdagi nurlanishlar bilan bombardimon qilinganda mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo‘ladi, ya'ni ma­teriyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishiga aylanadi. Bu hodisalarning mohiyatini mexanistik dunyoqarash asosida izohlashning iloji yo‘q, buning uchun yangicha logika va dialektik dunyoqarash lozim bo‘ladi.
Materiyaning modda ko‘rinishidagi ob'ektlarni tuzilishi jihatidan turlarga ajratsak, uning quyidagicha tuzilish darajalarini farqlaymiz:
1). Materiyaning miqyosli-struktura, ya'ni miqyos jihatidan tuzilish darajalari. Ular:- mikrodunyo, makrodunyo va megadunyolardir.
Masshtab o‘lchovi, miqyosi jihatidan mikrodunyo atom masshtabidan kichik dunyo hisoblanib, unga atom strukturasidan tortib elementar zarrachalar, atom yadrosi, kvarklar, kernlar va boshqa kichik strukturalar kiradi. Bu dunyoning yaxlitligini va turg‘unligini kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zaro ta'sirlar saqlab turadi.
Molekulyar tuzilishdan tortib to Er sharining yaxlitligini ta'minlashgacha bo‘lgan miqyosli tuzilish makrodunyo bo‘lib, bu yaxlitlikni elektromagnit o‘zaro ta'sirlar ta'minlaydi.
Quyosh va uning atrofida harakatlanuvchi Er, Oy, Mars va boshqa sayyoralar Koinotning bir butun yaxlitligidan iborat megadunyo bo‘lib, bu yaxlitlikni gravatatsion o‘zaro ta'sirlar saqlab turadi.
2). Materiyaning tashkiliy-struktura, ya'ni tashkiliy jihatidan tuzilish darajalari. Ular:- anorganik materiya, organik materiya va ijtimoiy materiya kabilardir.
Tashkiliy- struktura jihatidan materiyaning har bir darajasi o‘ziga xos tuzilish pog‘onalariga ega. Fanda anorganik materiya, ya'ni notirik tabiatning quyidagi tuzilish pog‘onalari ma'lum:
-elementar zarrachalar pog‘onasi;
- atom yadrolari pog‘onasi;
- atomlar pog‘onasi;
- molekulalar pog‘onasi;
- makrojismlar pog‘onasi;
- geologik sistemalar pog‘onasi;
- planetalar (sayyoralar) pog‘onasi;
- yulduzlar pog‘onasi;
- Galaktika pog‘onasi;
- galaktikalar sistemasi pog‘onasi;
- Metagalaktika pog‘onasi.
Organik materiya, ya'ni tirik tabiatning esa quyidagi tuzilish-strukturaviy pog‘onalari fanda o‘rganilmoqda:
-Hayotning molekulyar tuzilish pog‘onasi;
-Hayotning xo‘jayraviy tuzilish pog‘onasi;
-Hayotning tur, biogeotsenoz tuzilishi pog‘onasi;
-Hayotning biosfera tuzilishi pog‘onasi.
Ijtimoiy materiya, ya'ni jamiyat hayotiga xos quyidagi tuzilish pog‘onalarini esa ijtimoiy fanlar tadqiq qiladi:
-inson, shaxs (individium);
- oila;
- mahalla, turli jamoalar;
- ijtimoiy-demografik guruhlar;
- etnik guruhlar, millat va elatlar;
- sinflar;
- davlatlar;
- davlatlar sistemasi yoki ijtimoiy tuzumlar;
- jamiyatning bir butun tuzilishi, ya'ni xalqaro hamjamiyat.
Har qanday individ hayoti davomida o‘zi yashayotgan sotsial muhit ta'sirida va shaxsiy tajribasi asosida muayyan dunyoqarashga ega bo‘lib, olamdagi narsa va hodisalarga shu dunyoqarashiga muvofiq munosabatda bo‘ladi. Materiya haqidagi tasavvurlarning kengayib, chuqurlashib borishi natijasida insoniyat olamning ichki sirlarini ochishga muvaffaq bo‘lmoqda. Endilikda fan olamning moddiy jihatdan bir butunligini isbotladi. Masalan;
a) Er va kosmik jismlar bir xil kimyoviy elementlardan tashkil topgan;
b) hamma kimyoviy elementlarning atom tuzilishi bir tipdagi zarrachalardan iborat;
v) barcha jismlarga markazga intilish va markazdan qochish xosdir;
g) Er va koinotdagi jismlar vujudga kelish va yo‘q bo‘lish (boshqa shakllarga o‘tish) xususiyatiga ega; ularga harakat xosdir.
d) materiyaning hamma ko‘rinishlariga in'ikos xosdir.
e) tirik organizmlarning hammasi xo‘jayralardan tashkil topgan, ularning barchasida genlar irsiyatni saqlashga harakat qiladi.

Yüklə 69,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin