4- mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Ma'ruza rejasi



Yüklə 69,51 Kb.
səhifə12/21
tarix28.11.2023
ölçüsü69,51 Kb.
#168366
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
3 – savol bayoni: Borliqning moddiy ko‘rinishlarini falsafada materiya kategoriyasi ifoda etadi. Moddiy borliq doimiy harakatda bo‘lgan materiyaning turli shakldagi ko‘rinishlaridir. Materiya falsafaning fundamental kategoriyalaridan biri bo‘lib, u moddiy olamdagi barcha narsalarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – ularning mavjudligi ob'ektiv reallikdan iborat ekanligini ifodalaydigan falsafiy kategoriyadir. Materiya tushunchasining falsafiy mazmuni: birinchidan, narsalarning bizning ongimiz, xohishimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud ekanligi, ikkinchidan, ular bizning sezgi va bilimlarimiz manba'i ekanligini bildiradi. Materiya tushunchasining tabiiy-ilmiy ma'nosi – uning tuzilishi, bitmas-tuganmasligi, xususiyatlarining xilma-xilligini bildiradi va ular tabiat xaqidagi fizika, ximiya, biologiya kabi alohida fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma'noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta o‘zgargan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I - bosqich Antik davrda materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida talqin qilinadi va «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi.
Darhaqiqat antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlar uchun zarurligini qayd etib, uni barcha narsalar asosi deb e'lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Materiyaning birinchi konsepsiyasini miloddan avvalgi VI asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.

Yüklə 69,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin