pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati - akl, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga karatilgan faoliyat;
imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashki harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aklda shakllangan goyalarni bevosita tashki harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Motiv va motivatsiya.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub‘ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Ko’rt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi.