Korxonani boshqarish – mavjud resurslardan eng yuqori darajadagi imkoniyatlarni qidirib topib korxonani maqsadli yo`naltirish.
Krossfunktsional komanda – ma`lum reja va loyihalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qisqa muddatli guruh. Bunday guruhga bo`lim rahbari va malakali mutaxassislar kiradi.
Liberal uslub– boshqaruvning bu uslubi jamoada demokratik tamoyillar hukm surishini ta`minlab, xodimga butkul erkinlikni beradi va u o`z xizmat vazifalarini belgilaydi, ijro etish vositasini tanlaydi hamda guruh ichida xulqni nazorat etmaydi. Shu erkin harakatlar yuzasidan boshliqning fikri so`ralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa, ularni xafa qilib qo`yishdan qo`rqadi. Uning fazoviy psixologik holati – “guruh tashqarisida”.
Lider – guruhning aksariyat a`zolari tomonidan tan olingan shaxs. Psixologik talqin bo`yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeini egallovchi xodim rahbar bo`lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeli shaxs – liderdir.
Liderlik– hamfikrlar tomonidan ko`tarilgan shaxs mavqeidir.
Madaniy kompetentsiya – bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi. M.k. – munosib bo`lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo`lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi.
Maqsadning qo‘yilishi– rahbardagi tashkilotning biznes maqsadlariga mos keluvchi vazifalarini ishlab chiqa bilish va uni boshqalarga yetkazib bera olish kompetentsiyasi.
Markazga intiluvchan kar’yera – markaziy boshqaruvga yoki tashkilotning markazi (yadrosi) tomon siljish, ya`ni qaror qabul qilish jarayonining chuqurlashgan ko`rinishi.
Maxsus kompetentsiya– bu boshqaruvchining professional xatti-harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o`z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati.