Xodim – korxona yoki tashkilot ichidagi ustuvor aspekt.
Xodimlarga vakolatlarni taqsimlash – rahbarning o`z qo`l ostidagilarga qiyin masalalarni hal etish, munozarali savollarni yechish va maqsadlar yo`lida muvaffaqiyatga erishishlari uchun tanlov erkinligini berish kompetentsiyasi.
Xodimni motivatsiyalash– bu personalda tashkilot maqsadi yo`lida mehnat qilish uchun ishtiyoq uyg`otish.
Yangiliklarni madaniylashtirish – rahbardagi yangi, mukammal uslub, tovar, algoritm yoki texnologiyalarning ishlab chiqarilishi va kirib kelishiga homiylik qilish va qo`llab-quvvatlash qobiliyati.
Yozma muloqot– bu rahbardagi ish bilan bog`liq yozishmalarda fikrini tushunarli qilib yoza olish qobiliyati.
Zaruriy kasbiy sifatlar (ZKS) – shaxsning mustahkam individual-shaxsiy xususiyatlar shakllanishiga zarar ko`rsatmaydigan kasbiy faoliyatga, bilim, malaka va uquvlarni samarali o`zlashtirishga ta`sir ko`rsatuvchi sifatlar (psixik funktsiyalar) majmudir.