Professional kompetentsiya – faqat kasbiga taalluqli bo`lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo`lish yo`llari, malakalarning takomillashuvini ta`minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishini ifodalovchi shaxs umumiy madaniyatining yo`nalganligi. P.k. – o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo`lga qo`yish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma`lumotlar, bilim va malakalarga ega bo`lishlikdir.
Professionalizatsiya – bu mehnat kishisining (psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ishga bog`liq) xarakter xususiyatlarini ish jarayonida shakllanishi demakdir.
Qat’iyatlilik– bu boshqaruvchidagi murakkab qarorlarni tezlikda qabul qila olish xususiyati.
Qo‘l ostidagilarning imkoniyatlarini rivojlantirish – rahbardagi mas`uliyatni his etish, komandada ishlash, xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam berish xususiyati.
Rahbar– shaxsning rasmiy tarzda jamoa yoki tashkilotni boshqarish vazifalarini bajarish faoliyatidir. R. – tizimli yondashuvga daxldor menejer rolining bir ko`rinishi hisoblanib, kadrlarni joylashtirish mas`uliyati, qo`l ostidagilar tomonidan bajariladigan vazifalarni to`g`ri tushunish bilan bog`liq faoliyat.
Segregatsiya– ma`no jihatdan “uzoqlashish” ma`nosini bildirib, jamiyatda odamlarning yoki muayyan ijtimoiy guruhlarning biror bir belgi jihatidan (masalan, jins, irq, ijtimoiy kelib chiqish kabi) tafovutlanishlari, biror sifat bois bir-birlaridan sun`iy tarzda uzoqlashtirilishini tushuntiruvchi hodisadir.
Sinergetik samaradorlik– guruhdagi ijobiy munosabatlar natijasida jamoa faoliyati samaradorligining geometrik progressiya tarzida o`sishidir.
Status (mavqe) – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa a`zolarga nisbatan ko`proq e`tirofga yoki presstijga ega bo`lish darajasi.
Strategik fikrlash– menejerning bozor va sanoatdagi tendentsiya, mavjud va kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko`rib chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini tahlil qila olish qobiliyati.