4- mavzu: Nutq va adabiy me’yor. Nutqni bayon qilish usullari. Kasbiy nutq



Yüklə 16,47 Kb.
səhifə3/5
tarix30.11.2023
ölçüsü16,47 Kb.
#170079
1   2   3   4   5
4- mavzu Nutq va adabiy me’yor-fayllar.org

Nutqning sofligi insonlarning madaniy va ma’naviy saviyasini koʻrsatuvchi muhim omildir. Nutqning kommunikativ sifati faqat adabiy til doirasida boʻlgandagina shakllanadi, toʻlaqonli boʻladi. Nutqning tozaligi deyilganda ham nutqning adabiy til me’yorlariga muvofiqligi tushuniladi. Nutqning tozaligi uning keraksiz soʽzlardan xoli boʻlishi soʽzlovchi va tinglovchi uchun ham, oʻqituvchi va oʻquvchi uchun ham zarur. Nutqning sofligini buzuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

DIALEKTIZMLAR

VARVARIZMLAR

VULGARIZMLAR

PARAZIT SOʻZLAR

KANSELYARIZMLAR

JARGON VA ARGOLAR
Dialektizmlar – adabiy tilning leksik me’yori emas. U soflikni buzadi, nutqning to‘gʻri tushunilishiga xalaqit beradi. Shevalar asosan, soʽzlashuv va badiiy uslubda keng ishlatiladi.

Varvarizmlar − oʻzbek adabiy tiliga oʽzlashmagan xorijiy soʻzlardir. Nutqda oʻzbek tilida muqobili boʻla turib oʻzlashmagan xorijiy soʻzlarni, ya’ni varvarizmlarni qoʻllash nutqning tozaligini, sofligini buzadi Masalan, voobshche, obshchitada yashaydi, zaynit, tak (xo‘sh deyish o‘rniga), obsujdat qilish kerak, prelest, uchebniy chast, zayavlenie, akt... Bu holat birinchidan, nutqning tozaligiga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, ziyolining madaniy saviyasini, ma’naviy qiyofasini pasaytiradi.

Vulgarizmlar - qo‘pol, haqorat mazmunidagi soʽzlar. Vulgarizmlar badiiy asarlarda salbiy qahramonlarning dagʻalligi, qo‘polligi va madaniyatsizligini koʻrsatish uchun ishlatiladi. Lekin bunday soʽzlarning nutqda qoʻllanilishi salbiy hodisadir. Umumtilda dagʻal, haqorat soʽz va iboralar ham mavjud, ammo vulgarizmlar jamiyatda barqarorlashgan ma’naviy-axloqiy qoidalarga ziddir.

Parazit soʽzlar − ortiqcha qaytariqlar, bekorchi soʽzlardir. Soʽzlovchining tilga e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladi va doimiy qoʻllanilib borilsa, odatga aylanib qolishi mumkin. Masalan, ya’ni, demak, xo‘sh, tak va b. Bunday lugʻaviy birliklarni me’yoridan ortiq qoʻllash nutqning saviyasini pasaytiradi. Tilshunoslikda parazit soʽzlar deb ataladigan bunday birliklar koʻproq ogʻzaki nutqda koʽzatiladi. Aytilmoqchi boʻlgan fikrni yyetarli darajada aniq tasavvur qilmaslik, fikrlar oʻrtasidagi tizimli munosabat idrokining etishmasligi, fikr­ning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida e- e-e, xm-m-m, he-e-e kabi tovush "oqim"lari, xo‘-o‘-o‘sh, haligi, anaqa, masalan, demak, shu, innaykeyin, ya’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi lugʻatlarda aniq ma’nosi mavjud soʽz va iboralar ayni ma’nosidan begona qilingan tarzda qoʻllanadi. Bun­day qoʻllashlar bora-bora nutq tuzuvchida oʽziga xos odatga aylanib qolishi ham mumkin, masalan, kimdir haligi, kimdir demak yana boshqa birov bildingizmi soʽzini ogʻzaki nutqida parazit soʽz sifatida doimiy ishlatadi.

Kanselyarizmlar − rasmiy uslubga xos soʽz va birikmalar. Masalan, yuqorida qayd etilgan, quyida bayon qilingan, ...unvoni berilsin, zimmasiga yuklansin, topshirilsin, tadbirlarni ishlab chiqsin... Qat’iy shaklga kirgan bunday tayyor soʽz va birikmalar hujjatlar matniga alohida rasmiylik ma’nosini beradi. Ammo kantselyarizmlar soʽzlashuv, publitsistik va badiiy nutqda ishlatilsa, nutqning sofligi anchagina zarar koʻradi. Rasmiy uslubdan tashqari boshqa uslublarda qoʻllangan tayyor nutqiy qoliplar oʻquvchining ijodiy tafakkur koʻnikmalarining tarkib topishi, barqarorlashishiga xalaqit beradi.


Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin