4- mavzu: Nutq va adabiy me’yor. Nutqni bayon qilish usullari. Kasbiy nutq



Yüklə 16,47 Kb.
səhifə5/5
tarix30.11.2023
ölçüsü16,47 Kb.
#170079
1   2   3   4   5
4- mavzu Nutq va adabiy me’yor-fayllar.org

Tasviriy ifoda - predmet yoki voqea va hodisalarni oʽz nomi bilan emas, balki ularning oʽziga xos belgi-xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Tasviriy ifodalar - predmet, voqea-hodisalarning oʻz nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatini tasvirlab, bo‘rttirib, izohlab va toʻldirib koʻrsatishda nutqiy vosita hisoblanadi. Masalan, oq oltin - paxta, oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar, kumush tola - pilla, haqiqat qo‘rgʻoni – sud organi, hayotimiz qomusi – Konstitutsiya, jamiyatning yarasi - o‘gʻri va fohishalar, huquq posbonlari - yuristlar, jahon bankining vatani - Shveytsariya va h.k.

Maqollar – kishi anglatmoqchi boʻlgan ma’noni obrazli qilib ifodalash uchun xizmat qiladi, nutqning ta’sirchanligini ta’minlaydi. Maqollar – fikrni alohida ta’kidlash uchun xizmat qiladi va uning siyosiy va ma’naviy o‘tkirligini oshiradi, gʻoyat murakkab hodisalarning mohiyatini oydinlashtiradi, fikrning nishonga tegishini ta’min etadi. Maqollardan foydalanishda ularning tushunarli boʻlishi, oʻz o‘rnida to‘gʻri ishlatilishiga, nutqning aniq va ta’sirchan qilishiga e’tibor berish lozim.
Soʻzlar nutqda oʻz ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noda ham qoʻllanadi. Soʽzning ko‘chgan ma’nolari nutqni koʻplab ma’no tovlanishlari bilan ta’minlaydi. Notiq soʻzlarni oʽz ma’nosida ishlatish bilan birga, biror voqea-hodisa mohiyatini yaqqolroq va aniqroq ochib berish uchun soʻzlarning turli ma’no tovlanishlariga murojaat qiladi. Soʽzning ko‘chma ma’nolari tufayli notiq nutqining ta’sirchanligi ta’minlanadi. Tilda soʽz ma’nolari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik yoʻllari (usullari) orqali ko‘chadi. Bu usullar tilshunoslikda yangi soʽz hosil qiluvchi vositalar tarzida qayd etiladi. Nutq to‘gʻri, ammo ayni vaqtda tushunilishi qiyin boʻlishi mumkin. Nutq to‘gʻri, biroq nutq soʽzlanayotgan sharoitga mos boʻlmasligi mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati:
    1. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.


    2. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.


    3. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.




http://fayllar.org
Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin